Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Jamiyat

UzAuto Motors savdo tizimiga SAP texnologiyalarini tatbiq etmoqda

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishMoskovskiy mejdunarodnыy avtomobilnыy salon-2016. Den pyatыy
Moskovskiy mejdunarodnыy avtomobilnыy salon-2016. Den pyatыy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.02.2021
Asaka shahridagi UzAuto Motors zavodi tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarning tarqatilishi va shartnoma berilishi vaqtincha toʻxtatildi.
TOSHKENT, 13 fev — Sputnik. UzAuto Motors ERP/CRM SAP tizimiga bosqichma-bosqich oʻtish orqali kompaniyaning biznes jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish boshlanganligini maʼlum qildi.
Sotrudniki MVD i Natsionalnoy gvardii na postu proveryayut dokumentы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.01.2021
Toshkent viloyatida xizmat avtomobillari oldida raqs tushgan “erkatoylarga” chora koʻrildi
“SAP texnologiyalaridan foydalanish murakkab biznes jarayonlarni optimallashtirishga, ishlab chiqarish, sotish, kadrlar bilan ishlash va buxgalteriya hisobini rejalashtirishni toʻliq avtomatlashtirishni taʼminlaydi.
UzAuto Motors savdo tizimiga SAP texnologiyalarining tatbiq etilishi eng avvalo, inson omili taʼsirisiz avtomobillar savdosining shaffofligini taʼminlaydi. Ushbu jarayon yakunlanmagunga qadar, Asaka shahridagi UzAuto Motors zavodi tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarning tarqatilishi va shartnoma berilishi vaqtincha toʻxtatildi.
Shu bilan birga, bunga qadar tuzilgan shartnomalar boʻyicha barcha majburiyatlar bajarilishini kafolatlaydi. Yangi tizimning joriy etilishi mijozlarga avtomobillarni yetkazib berish vaqtiga taʼsir qilmaydi”, - deyilgan kompaniya xabarida.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala