UzAuto Motors savdo tizimiga SAP texnologiyalarini tatbiq etmoqda

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishMoskovskiy mejdunarodniy avtomobilniy salon-2016. Den patiy
Moskovskiy mejdunarodniy avtomobilniy salon-2016. Den patiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.02.2021
Obuna bo‘lish
Asaka shahridagi UzAuto Motors zavodi tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarning tarqatilishi va shartnoma berilishi vaqtincha to‘xtatildi.
TOShKENT, 13 fev — Sputnik. UzAuto Motors ERP/CRM SAP tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish orqali kompaniyaning biznes jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish boshlanganligini ma’lum qildi.
Sotrudniki MVD i Natsionalnoy gvardii na postu proverayut dokumenti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2021
Toshkent viloyatida xizmat avtomobillari oldida raqs tushgan “erkatoylarga” chora ko‘rildi
“SAP texnologiyalaridan foydalanish murakkab biznes jarayonlarni optimallashtirishga, ishlab chiqarish, sotish, kadrlar bilan ishlash va buxgalteriya hisobini rejalashtirishni to‘liq avtomatlashtirishni ta’minlaydi.
UzAuto Motors savdo tizimiga SAP texnologiyalarining tatbiq etilishi eng avvalo, inson omili ta’sirisiz avtomobillar savdosining shaffofligini ta’minlaydi. Ushbu jarayon yakunlanmagunga qadar, Asaka shahridagi UzAuto Motors zavodi tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarning tarqatilishi va shartnoma berilishi vaqtincha to‘xtatildi.
Shu bilan birga, bunga qadar tuzilgan shartnomalar bo‘yicha barcha majburiyatlar bajarilishini kafolatlaydi. Yangi tizimning joriy etilishi mijozlarga avtomobillarni yetkazib berish vaqtiga ta’sir qilmaydi”, - deyilgan kompaniya xabarida.
Yangiliklar lentasi
0