Jamiyat

Namanganda gaz ballonlari “bunkeri” aniqlandi

© Sputnik / Yakov Glinskiy / Fotobankka oʻtishGazovыe ballonы
Gazovыe ballonы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.02.2021
Namangan shahri "Toshkent" koʻchasida joylashgan 73-uyda tashkil etilgan yana bir "bunker" faoliyati fosh etildi.
TOSHKENT, 13 fev — Sputnik. Namangan viloyati Namangan tumanida oʻtkazilgan tadbir davomida "Navqiron" MFY Oʻrikzor koʻchasida joylashgan 43-uyda, 16 dona maishiy gaz ballonlari saqlanayotganligi hamda ushbu manzilda yashovchi fuqaro F.Poʻlatov "Namangantumangaz" gaz taʼminoti boʻlimi xodimi R.Poʻlatovdan 20 kilogrammlik suyultirilgan gaz ballonlarni 22 400 soʻmdan sotib olib, soʻng ularni tuman aholisiga 60 ming soʻmdan qayta sotish bilan shugʻullanganligi aniqlandi.
Gazovaya plita - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.02.2021
Jamiyat
Gazdan foydalanish: baxtsiz hodisalarni tekshirish tartibi belgilandi
Namangan shahri "Toshkent" koʻchasida joylashgan 73-uyda tashkil etilgan yana bir "bunker" faoliyati fosh etildi. Fuqaro B.Burxonovga qarashli mazkur uyda 94 dona maishiy gaz ballonlari mavjudligi hamda ushbu fuqaroga ham "Namanganshahargaz" gaz taʼminoti boʻlimi xodimlaridan biri yordam berib kelgani aniqlandi.
Holatlar boʻyicha xizmat tekshiruvlari boshlandi, materiallar huquqni muhofaza qilish organlariga topshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala