Jamiyat

Koronavirus: 8 ta hududda yangi holatlar – eng koʻp Toshkentda

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Fotobankka oʻtishRabota kovid-gospitalya
Rabota kovid-gospitalya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.02.2021
Sutka davomida 41 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 79 381 nafarni tashkil qilmoqda.
TOSHKENT, 13 fev — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.
Katalka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.02.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda koronavirus qurbonlari soni oshdi
Bir sutka davomida 41 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 79 381 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining: 3 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida, 1 nafari Andijon viloyatida, 1 nafari Qashqadaryo viloyatida, 2 nafari Samarqand viloyatida, 5 nafari Surxondaryo viloyatida, 2 nafari Fargʻona viloyatida, 1 nafari Xorazm viloyatida, 26 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 77 829 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizga yetdi.
Ayni paytda 930 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda - 153 nafar ogʻir, 29 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Oʻlim holatlari

Oʻzbekistonda jami 622 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 108,2 milliondan oshdi, 2,4 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (27,5 mln), Hindistonda (10,9 mln), Braziliyada (9,8 mln).
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala