Koronavirus: 8 ta hududda yangi holatlar – eng ko‘p Toshkentda

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishRabota kovid-gospitalya
Rabota kovid-gospitalya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.02.2021
Obuna bo‘lish
Sutka davomida 41 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 79 381 nafarni tashkil qilmoqda.
TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Katalka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.02.2021
O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni oshdi
Bir sutka davomida 41 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 79 381 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining: 3 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 1 nafari Andijon viloyatida, 1 nafari Qashqadaryo viloyatida, 2 nafari Samarqand viloyatida, 5 nafari Surxondaryo viloyatida, 2 nafari Farg‘ona viloyatida, 1 nafari Xorazm viloyatida, 26 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 77 829 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizga yetdi.
Ayni paytda 930 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda - 153 nafar og‘ir, 29 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

O‘lim holatlari

O‘zbekistonda jami 622 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 108,2 milliondan oshdi, 2,4 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (27,5 mln), Hindistonda (10,9 mln), Braziliyada (9,8 mln).
Yangiliklar lentasi
0