Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Dunyoda

AQSH Senati Donald Trampni yana oqladi

© AFP 2018 / Anna Moneymaker-Pool/Getty ImagesPrezident SSHA Donald Tramp v Ovalnom kabinete v Belom dome, 2020 god
Prezident SSHA Donald Tramp v Ovalnom kabinete v Belom dome, 2020 god - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.02.2021
Donald Tramp AQSH tarixida Vakillar palatasida ikki marta impichment olgan, lekin ikki marta ham senatorlar tomonidan oqlangan yagona prezident boʻldi.
TOSHKENT, 14 fev — Sputnik. AQSH Senati sobiq prezident Donald Trampni impichment ishi boʻyicha oqladi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Impichmentni yoqlab senatorlarning 57 nafari ovoz bergan, 43 senator esa qarshi chiqqan. Impichmentni tasdiqlash uchun 100 nafar senatorlarning kamida 67 nafari yoqlab ovoz berishi kerak edi. Shu tariqa, Tramp isyonga davʼat etish aybovi boʻyicha oqlandi.
Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.01.2021
Dunyoda
Donald Trampga ikkinchi marta impichment eʼlon qilindi – bu AQSH tarixidagi ilk holat
2021 yil 6 yanvar kuni Donald Tramp Oq uy yaqinidagi mitingda tarafdorlarini "zaif respublikachilarga" saylov yakunlariga eʼtiroz bildirishda yordam berish uchun Kapitoliyga borishga chaqirdi. Namoyishchilar toʻdasi Kapitoliyni qamal qilib, uning ichiga bostirib kirdi. Jo Baydenning prezident saylovlaridagi gʻalabasi tasdiqlanishi kerak boʻlgan Kongressning qoʻshma sessiyasini toʻxtatib qoʻydi. Bu Vakillar palatasining unga impichment eʼlon qilishiga sabab boʻldi, keyin ish Senatga yoʻnaltirildi.
Donald Tramp AQSH tarixida Vakillar palatasida ikki marta impichment olgan, lekin ikki marta ham senatorlar tomonidan oqlangan yagona prezident boʻldi.
2020 yil fevral oyida AQSH Senati prezident Donald Trampga eʼlon qilingan birinchi impichmentni bekor qilgan edi. Oʻshanda u hokimiyatni suiisteʼmol qilish va Kongressga toʻsqinlik qilishda ayblangandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala