Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Siyosat

Buxoro shahriga yangi hokim tayinlandi

© Press-slujba xokimiyata goroda BuxarыUtkir Jumayev naznachen xokimom g. Buxara
Utkir Jumayev naznachen xokimom g. Buxara - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.02.2021
Buxoro shahar hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan Oʻtkir Jumayev Buxoro shahri hokimi etib tasdiqlandi.
TOSHKENT, 14 fev — Sputnik. Oʻtkir Jumayev Buxoro shahar hokimi etib tasdiqlandi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida Buxoro viloyat hokimining 2021 yil 12 fevraldagi tegishli qaroriga asosan Buxoro shahar hokimi lavozimiga Oʻtkir Hikmatovich Jumayevni tasdiqlash masalasi ovozga qoʻyildi. Nomzod deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqladi.
Utverjden xokim Buxarskoy oblasti - Botir Komilovich Zaripov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.01.2021
Siyosat
Buxoro viloyatiga hokim tasdiqlandi
Oʻtkir Jumayev 1975 yilda Buxoro viloyati Romitan tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. 1997 yil Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini, 2011 yil Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini bitirgan.
Jumayev mehnat faoliyatini 1997 yilda «Buxorosuvqurilish» aktsionerlik jamiyatining 37-son koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonnasi ishlab chiqarish boʻlimi muhandisligidan boshlagan.
2009-2010 yillarda «Buxoroavtoyoʻl» hududiy yoʻllardan foydalanish davlat korxonasi direktori, 2011-2012 yillarda «Buxoroavtoyoʻl» hududiy yoʻllardan foydalanish davlat tashkiloti direktori, 2012-2015 yillarda «KNAUF GIPS BUXORO» MCHJ shaklidagi xorijiy korxona oʻquv markazi boshligʻi, 2015-2019 yillarda «KNAUF GIPS BUXORO» MCHJ shaklidagi xorijiy korxona direktorining qurilish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimlarida mehnat qilgan.
U 2020 yil mart oyida Buxoro shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala