Ilon Mask Putinga rus tilida murojaat qildi

© AP Photo/Ringo H.W. ChiuInjener, predprinimatel, izobretatel i investor Ilon Mask
Injener, predprinimatel, izobretatel i investor Ilon Mask - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.02.2021
Obuna bo‘lish
Dunyoning eng boy odamlaridan biri sanalgan amerikalik tadbirkor Rossiya prezidentini onlayn uchrashuv o‘tkazish taklifi bilan chiqdi.
TOShKENT, 14 fev — Sputnik. Amerikalik tadbirkor, “Tesla” va “SpaceX” asoschisi Ilon Mask Rossiya prezidenti Vladimir Putinni “Clubhouse” ijtimoiy tarmog‘ida onlayn uchrashuv o‘tkazishga taklif qildi. O‘z taklifini tvitterdagi sahifasida yozib qoldirdi.
​“Siz bilan suhbatlashish katta sharaf bo‘lgan bo‘lardi”, — deb yozdi Mask rus tilida va Rossiya prezidentining rasmiy sahifasini belgiladi.

Mask tviti qisqa fursat ichida bir necha o‘ng minglab “layk” to‘plagan. Kreml hozircha bunga munosabat bildirmagan.
“Clubhouse” 2020-yil aprelida ishga tushirilgan yopiq ijtimoiy tarmoq sanaladi. Unga ulanish uchun boshqa ishtirokchilardan taklif olish kerak. Muloqot virtual xonalarda ovoz yordamida amalga oshiriladi.
Yangiliklar lentasi
0