Moskvada haddan ziyod yoqqan qor qiyinchiliklar keltirib chiqardi - video

Obuna bo‘lish
Rossiyaning Moskva shahri va viloyatida bir necha kun tinmay yoqqan qor yarim metrdan oshib ketdi. Shahar ma’muriyati ma’lumotlariga qaraganda, qordan tozalash ishlariga besh kun ketishi mumkin.
Moskvada yoqqan qor rekord darajaga yetishi mumkin. Bir necha kun tinmay yog‘ayotgan qor yakshanba kuniga kelib tindi. Atrof oppoq qorga burkandi. Buning zavqi o‘zgacha. Shu bilan birga, haddan ziyod yoqqan qor qator qiyinchiliklarni keltirib chiqardi. Yo‘llardagi tirbandlik 9 ballga yetdi. Uy-joy kommunal xizmati xodimlari qorni kurab tashlashga ulgurishmayapti. 
Aholiga qulay bo‘lishligi uchun qo‘shimcha jamoat transportlari ishga tushirilgan. Poytaxt aholisiga yo‘llaridagi vaziyat yaxshilanguncha qadar shaxsiy avtomobillardan voz kechish hamda avtobus va metro kabi jamoat transportidan foydalanish tavsiya qilinmoqda.
Yangiliklar lentasi
0