Eng kuchli va eng qimmat: Bugatti Centodieci - video

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv giperkar Centodieci: motor kuchi - 1600, 0 dan 100gacha tezlashish vaqti - 2,4 soniya, maksimal tezlik - 380km/soat. 
Bugatti Centodieci - Bugatti Chiyentodiyechi, Italiya kompaniyasi o‘z tarixi davomida yaratgan eng kuchli va eng qimmat avtomobillaridan biri bo‘ladi. Centodieci - "bir yuz o‘n" degani. Ushbu avtomobil Bugatti kompaniyasi asoschisi Ettore Bugatti tomonidan yaratilgan Bugatti EB 110 avtomobili xotirasiga bag‘ishlanadi.
Centodieci - mutlaq eksklyuziv giperkar bo‘ladi va bor-yo‘g‘i 10 dona ishlab chiqariladi. Uning narxi - 9 millon $, motori - 16 silindr va 1600 ot kuchi, 0 dan 100gacha tezlashish vaqti - 2,4 soniya, maksimal tezlik - 380km/soat. 
Taniqli futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu Bugatti Centodieciga birinchilardan bo‘lib buyurtma bergan, axir u Bugatti avtomobillarining muxlisi. Shu kunga qadar uning garajida 2ta Bugatti bor edi, Centodieci - uchinchisi bo‘ladi. 
 
Yangiliklar lentasi
0