Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Jamiyat

Shamollash va gripni davolashda qanday dorilardan foydalanish kerak - apteka javobi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Fotobankka oʻtishGradusnik
Gradusnik - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.02.2021
Shamollash va gripp bir-biriga oʻxshash kasalliklar. Ularni davolashda antibiotiklardan juda ehtiyot boʻlib foydalanish kerak.
TOSHKENT, 15 fev - Sputnik. Har bir inson amollashi yoki grippga chalinishi odatiy hol boʻlsa kerak. Bunday vaziyatda qanday dorilardan foydalanish toʻgʻri boʻlishi haqida "Dori-darmon" AJ aptekalar tarmogʻi foydali maʼlumotlarni taqdim etdi.
Soveщaniye glav slujb gosudarstv-chlenov SHOS, otvechayuщix za obespecheniye sanitarno-epidemiologicheskogo blagopoluchiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.04.2020
Jamiyat
Koronavirus oddiy gripp kabi mavsumiy kasallikka aylanadi – ekspert
Shamollash — ayniqsa, sovuq mavsumda eng keng tarqalgan kasalliklardan biridir. Bunga asosan yuqori nafas yoʻllari(burun, tomoq, traxeya)ga taʼsir koʻrsatadigan virusli infektsiya sabab boʻladi. Notoʻgʻri davolanish yoki kasallikni oʻtkazib yuborish pnevmoniya yoki bronxitga sabab boʻlishi mumkin.
Gripp — bu oʻta yuqumli mavsumiy nafas olish yoʻllari kasalligi boʻlib, odatda dekabr va mart oylari orasida roʻy beradi, fevral oyida eng yuqori darajaga koʻtarildi. 
Ushbu ikki kasallik shamollash va gripp baʼzan bir-biri bilan adashtiriladi, chunki ularning alomatlari juda oʻxshash. Ammo bu notoʻgʻri.
Grippning birinchi alomatlaridan biri - bu koʻz qizarishi, umumiy holsizlanish. Keyingi alomatlari - tana harorati 38 darajadan oshishi. 
Antibiotik qachon kerak?
Antibiotiklar haqli ravishda zamonaviy tibbiyot xazinasi hisoblanadi. Ammo ularni notoʻgʻri ishlatish qimmatga tushishi mumkin. Antibiotiklar odatda bakteriyalar sabab boʻlgan kasalliklarni davolash uchun ishlatiladi. Shamollash va grippda ulardan foydalanish kerak emas.
Vaktsinatsiya protiv gepatita  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.08.2020
Jamiyat
Sentyabrdan aholini gripp va pnevmoniyaga qarshi emlash boshlanadi
Kasallik boshlanishining dastlabki kunlarida organizmda tabiiy immunitet reaktsiyasi paydo boʻladi, antibiotikni juda erta ishlatganda esa, oʻz-oʻzidan infektsiyani boshqarishi mumkin boʻlgan himoya mexanizmlari yoʻq qilinadi.
Shuning uchun gripp va shamollash paytida antibiotiklardan saqlanish yaxshiroqdir. Ular faqat bakterial infektsiya tashxisida samarali boʻladi.
Tahr: Har qanday, inson uchun eng oddiy tuyulgan kasallikni davolashda ham, birinchi navbatda, shifokorga murojaat qilish va dorilardan uning retseptiga asosan foydalanish - davolanishning eng toʻgʻri va samarali uslubi boʻladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala