Shermatov: yangi quriladigan uy-joy komplekslari orasida maktab ham qurib beriladi

© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov330 shkola
330 shkola - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.02.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda yangi qurilayotgan uy-joy komplekslari orasida quruvchi kompaniyalar hisobidan qo‘shimcha maktab ham qurib beriladigan bo‘ldi.
TOShKENT, 15 fev — Sputnik. O‘zbekistonda yangi qurilayotgan uy-joy komplekslari orasida quruvchi kompaniyalar hisobidan qo‘shimcha maktab ham qurib beriladi.
Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatovning so‘zlariga ko‘ra, prezident Davlat dasturi muhokamasidagi videoselektorda ushbu ijobiy tajribani barcha hududlardagi yangi qurilayotgan uy-joy komplekslariga keng joriy etish bo‘yicha hududlar rahbarlariga topshiriq bergan.
“Har bir yangi quriladigan xonadonga taxminan 1,5 o‘quvchi o‘rnini hisobini olib, davlat maktabi qurib berish kerak bo‘ladi. Shunda tijorat maqsadlarida 1000 ta kvartirali kompleks qurilsa, 1500 o‘rinli davlat maktabi ham qurib topshiriladi”, - deya yozadi vazir.
Shermatovning ta’kidlashicha, bu o‘z navbatida maktablarga ajratilayotgan investitsiya dasturidagi mavjud mablag‘lar doirasida uzoqroq hududlardagi ko‘proq maktablarni kapital ta’mirlashga imkoniyat beradi.
Probniy YeGE po russkomu yaziku - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.07.2020
Yangi format: O‘zbekiston maktab o‘quvchilari orasida test sinovlari tizimini joriy etmoqda
“Chunki viloyat markazida 1 ta angi maktab qurishga ketadigan xarajat hisobiga tumanlarda kamida 10−15 ta maktabni zo‘r qilib kapital ta’mirlasa bo‘ladi”, — dedi u.
XTV rahbari OAV va jamoatchilik vakillarini ushbu yaxshi tajribani bemalol joyiga borib ko‘rishga, quruvchi va developer kompaniyalar orasida kengroq tarqatishga, joylardagi boshqa yangi qurilishlarda ham nazoratga olishda yordam berishga chorlagan.
Eslatib o‘tamiz, prezident imzolagan “2021–2023 yillarda O‘zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda mamlakatda yana 22 ta bog‘cha, 31 ta maktab va 16 ta OTM qurilishi nazarda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0