Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Dunyoda

AQSH yangi davlat kotibi Turkiyani S-400dan voz kechishga chaqirdi

© AFP / Bryan BedderGossekretar SSHA Entoni Blinken
Gossekretar SSHA Entoni Blinken - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.02.2021
AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Turkiyani oʻzida Rossiyaning S-400 zenit-raketa tizimlarini oʻzida qoldirmaslikka chaqirdi.
TOSHKENT, 16 fev — Sputnik. AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Turkiya TIV rahbari Mevlyut Chavushogʻli bilan telefon suhbatida Anqarani Rossiyaning S-400 zenit-raketa tizimlarini oʻzida qoldirmaslikka chaqirdi. Bu haqda Davlat departamenti matbuot xizmati tarqatgan xabarda aytilgan.
“Davlat kotibi Turkiyani Rossiyaning S-400 zenit-raketa tizimlarini oʻzida qoldirmaslikka chaqirdi”, - deyilgan xabarda.
Shuningdek, Blinken va Chavushogʻli Suriyadagi mojaro, Iroqda turk asirlarining oʻlimi va Turkiya va Gretsiya oʻrtasidagi munosabatlar yaxshilanishini muhokama qilgan.
Erdogʻan Pompeo bilan uchrashuvga vaqt topmadi
Anqaraga Rossiyaning eng yangi havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari - S-400 yetkazib berilgach, bu Turkiya va AQSH munosabatlarida inqirozga sabab boʻlgan edi. Vashington Anqarani ushbu bitimdan voz kechishga, evaziga Amerikaning “Patriot” majmualarini xarid qilishga chaqirdi, aks holda Turkiyaga F-35 qiruvchilari savdosini kechiktirilishi yoki butkul bekor qilinishi mumkinligi bilan tahdid qildi.
Shuningdek, AQSH Turkiyaga nisbatan CAATSA ("Amerika dushmanlariga qarshi sanktsiyalar vositasi orqali kurashish" toʻgʻrisidagi qonunga muvofiq)ga muvofiq sanktsiyalar kiritishi mumkinligini ham qoʻshimcha qilgan. Anqara yon bosishdan bosh tortdi va S-400 ning qoʻshimcha partiyalarini xarid qilish borasida muzokaralarni davom ettirdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala