Siyosat

Abdulaziz Kamilov Markaziy Osiyo mamlakatlariga tashrif buyuradi

© Press-slujba MID RF / Fotobankka oʻtishMinistr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov
Ministr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.02.2021
Oʻzbekiston TIV rahbari Tojikiston, Turkmaniston va Qozogʻistonga boradi. Tashrif doirasida qator uchrashuvlar rejalashtirilgan.
TOSHKENT, 16 fev — Sputnik. 2021 yilning 16-18 fevral kunlari Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Tojikiston, Turkmaniston va Qozogʻistonga amaliy tashrif bilan boradi.
TIV matbuot xizmati xabariga koʻra, tashrif doirasida Tojikiston, Turkmaniston va Qozogʻiston tashqi siyosiy mahkamalari rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Muzokaralar chogʻida mintaqaviy hamkorlikning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari, shuningdek, Markaziy Osiyoning global iqtisodiy jarayonlar va transport yoʻlaklariga integratsiyasi masalalari muhokama qilinishi koʻzda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala