Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Hodisalar

“Boʻlaklanib koʻmilgan jasad”: Toshkentda mudhish jinoyatga qoʻl urganlar uzoq muddatga qamaldi

CC0 / Unsplash / Kyle JohnsonMujchina s nojom v ruke. Illyustrativnoye foto
Mujchina s nojom v ruke. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.02.2021
Toshkentda tadbirkorni qoʻllari va oyoqlarini tanasidan ajratib, boʻlaklarga boʻlib chuqurga koʻmib yuborgan qotil va uning jinoiy sheriklari uzoq muddatga qamaldi. Sheriklardan biri “Zulfiya” mukofoti sohibasi.
TOSHKENT, 16 fev — Sputnik. Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudi 31 yoshli tadbirkorni oʻldirib, uning jasadini boʻlaklarga ajratib, koʻmib yuborgan shaxs va uning jinoiy sheriklariga sud hukm oʻqildi. “Oʻzbekiston” teleradiokanalining “Bir jinoyat izidan” koʻrsatuvida mudhish jinoyat tafsilotlari maʼlum qilindi.
Aniqlanishicha, 2020 yilning 8 may kuni Uchtepa tuman IIBga fuqaro Nigora Payzibekova murojaat qilib, 1989 yilda tugʻilgan oʻgʻli Ravshan Rahmatullayev 7 may kuni soat 10:00 da oʻz ishlari bilan “Lacetti”mashinasida uydan chiqib ketgani va shundan keyin qaytib kelmaganini bildirgan.