Migratsiya

Medvedev SSV va Rospotrebnadzorni migrantlarni emlashga eʼtibor qaratishga chaqirdi

© Sputnik / Yekaterina Shtukina / Fotobankka oʻtishZampred Sovbeza RF D. Medvedev
Zampred Sovbeza RF D. Medvedev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.02.2021
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari Rossiyada migrantlarni kovidga qarshi emlashga eʼtibor qaratilishi kerakligini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 16 fev — Sputnik. Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari Dmitriy Medvedev mamlakat SSV va Rospotrebnadzor migrantlarni, ayniqsa xizmat sohasida ishlayotganlarni emlashga eʼtibor qaratishlari lozim deb hisoblaydi.
Voditel v zaщitnoy maske za rulem taksi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.01.2021
Migratsiya
Moskvada xorijlik taksichilar va kuryerlar bepul koronavirusga qarshi emlanishi mumkin
“Ular (migrantlar – tahr.) tibbiy yordamga ham muhtojlar, men barchasini nazarda tutyapman, jumladan, xorijlik ishchilarni, ayniqsa fuqarolarga xizmat koʻrsatish sohasida band boʻlganlarni koronavirusga qarshi emlash”, - dedi Medvedev Rossiyaning migratsiya siyosatini takomillashtirishga bagʻishlangan yigʻilishda.
Uning soʻzlariga koʻra, migrantlar ham qolgan boshqalar singari virus tarqatishadi.
“... shu bois bu maʼnoda migrantlar Sogʻliqni saqlash vazirligi va Rospotrebnadzorning diqqatiga tushishi kerak”, - deya taʼkidladi Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi oʻrinbosari.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova migrantlar qachon COVID-19’ga qarshi emlanishi haqidagi savolga javob bergan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala