Dunyoda

Rossiya FXX Qrim va Tataristonda ID* moliyachilarini qoʻlga oldi - video

© Sputnik / Stas EtveshNaruchniki
Naruchniki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.02.2021
Jinoiy guruh aʼzolari bir necha yil davomida xayriya maqsadlar niqobi ostida pul toʻplab, ID* jangarilariga yuborib turgan.
TOSHKENT, 16 fev — Sputnik. Rossiya Federal Xavfsizlik xizmati va Rosfinmonitoring xodimlari Qrim yarim oroli va Tataristonda Islomiy davlat* (Rossiyada taʼqiqlangan)ga mablagʻ joʻnatib turgan jinoiy guruh aʼzolarini qoʻlga oldi. 
Xabarda aytilishiga koʻra, jinoiy guruh aʼzolari 2015 2019 yillar orasida internet orqali "xayriya maqsadlariga" deya mablagʻ jamlab, uni xorijga jangarilarni taʼminlash uchun yoʻnaltirgan. Huquqni saqlash organlari jinoiy guruh aʼzolaridan aloqa vositalari, kompyuter texnikasi va axborot tashuvchi vositalarni olishgan. 
Jinoiy guruh aʼzolariga qarshi terrorchilik faoliyatiga yordam berish aybnomasi bilan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. Ayni damda tergov ishlari olib borilmoqda. 
 
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala