Dunyoda

Ozarbayjonlik ayol eriga "shafqatsiz Attila" taxtini sovgʻa qildi - foto

CC0 / Unsplash / Willian BTron. Illyustrativnoye foto
Tron. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.02.2021
Turkiyaning Bursa provintsiyasida istiqomat qiluvchi ozarbayjonlik ayol eri uchun xunlar hukmdori boʻlgan "Attila taxti"ni yasashga buyurtma berdi.
TOSHKENT, 16 fev — Sputnik. Turkiyaning Bursa viloyatida istiqomat qiluvchi ozarbayjonlik ayol eri uchun buta daraxtidan "Attila taxti"ni yasashga buyurtma berdi, deb yozadi Haberler.
Qoʻlda ishlangan taxt 3 oy ichida tayyor boʻldi. Bunday noyob buyurtmaning bozor narxi 10 ming dollarni tashkil qilishi mumkin. Taxtning umumiy vazni 500 kilogramm.
Gʻayrioddiy buyurtmani bajargan duradgorning soʻzlariga koʻra, ozarbayjonlik ayol unga maxsus iltimos bilan murojaat qilgan - taqdim etilgan rasmga asosan "Attila taxtini" zamonaviy texnologiyalardan foydalanmasdan yasashni soʻragan.
Attila 434-453 yillarda xunlarning hukmdori boʻlgan. U oʻz hukmronligiga turk, german va boshqa qabilalarni birlashtirdi: Ural daryosidan Reyn daryosigacha va Dunay daryosidan Boltiq dengizigacha choʻzilgan imperiyaning yetakchisi edi.  
Attila - Gʻarbiy Yevropaning aksariyat qismida ochkoʻzlik va shafqatsizlik timsoli sifatida esga olinadi. 452 yilda Italiyaning aksariyat qismini vayron qilgan holda qaytib kelgan. Attila oʻz qoniga botib, vafot etgan.
Tarixchilar "Yevropani vayron qiluvchisi" Attila uxlayotgan vaqtda ismi aytilmagan rafiqasi tomonidan pichoqlab oʻldirgan, degan mish-mishlar ham tarqalganligini aytishadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala