Ozarbayjonlik ayol eriga "shafqatsiz Attila" taxtini sovg‘a qildi - foto

CC0 / Unsplash / Willian BTron. Illyustrativnoe foto
Tron. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.02.2021
Obuna bo‘lish
Turkiyaning Bursa provinsiyasida istiqomat qiluvchi ozarbayjonlik ayol eri uchun xunlar hukmdori bo‘lgan "Attila taxti"ni yasashga buyurtma berdi.
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Turkiyaning Bursa viloyatida istiqomat qiluvchi ozarbayjonlik ayol eri uchun buta daraxtidan "Attila taxti"ni yasashga buyurtma berdi, deb yozadi Haberler.
Qo‘lda ishlangan taxt 3 oy ichida tayyor bo‘ldi. Bunday noyob buyurtmaning bozor narxi 10 ming dollarni tashkil qilishi mumkin. Taxtning umumiy vazni 500 kilogramm.
G‘ayrioddiy buyurtmani bajargan duradgorning so‘zlariga ko‘ra, ozarbayjonlik ayol unga maxsus iltimos bilan murojaat qilgan - taqdim etilgan rasmga asosan "Attila taxtini" zamonaviy texnologiyalardan foydalanmasdan yasashni so‘ragan.
Attila 434-453 yillarda xunlarning hukmdori bo‘lgan. U o‘z hukmronligiga turk, german va boshqa qabilalarni birlashtirdi: Ural darosidan Reyn darosigacha va Dunay darosidan Boltiq dengizigacha cho‘zilgan imperiyaning yetakchisi edi.  
Attila - G‘arbiy Yevropaning aksariyat qismida ochko‘zlik va shafqatsizlik timsoli sifatida esga olinadi. 452-yilda Italiyaning aksariyat qismini vayron qilgan holda qaytib kelgan. Attila o‘z qoniga botib, vafot etgan.
Tarixchilar "Yevropani vayron qiluvchisi" Attila uxlayotgan vaqtda ismi aytilmagan rafiqasi tomonidan pichoqlab o‘ldirgan, degan mish-mishlar ham tarqalganligini aytishadi.
Yangiliklar lentasi
0