O‘zbekiston va Janubiy Koreya kosmosni o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tuzdi

© Foto : ESA/Hubble & NASA, A. Riess et al.; acknowledgment: Mahdi ZamaniSpiralnaya galaktika NGC 5643 s peremichkoy (SBc) v sozvezdii Volka
Spiralnaya galaktika NGC 5643 s peremichkoy (SBc) v sozvezdii Volka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.02.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Janubiy Koreya kosmosni tinchlik maqsadlarida tadqiq qilish va undan foydalanish sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda.
TOShKENT, 16 fev — Sputnik. O‘zbekiston va Janubiy Koreya kosmosni tinchlik maqsadlarida tadqiq qilish va undan foydalanish sohasidagi hamkorlik bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA.
O‘zbekistonning Seuldagi elchixonasi vakillari Janubiy Koreya Aerokosmik tadqiqotlar instituti (KARI) va “SI Imaging Services” kompaniyasi vakillari bilan uchrashgan.
Foto Mlechnogo Puti  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.09.2019
Samoga parvoz: “O‘zbekkosmos”ning maqsad va vazifalari belgilandi
Muloqotda koronavirus pandemiyasi davom etayotganiga qaramasdan, tomonlar ushbu yo‘nalishdagi hamkorlik izchil rivojlanayotganini qayd etildi. Jumladan, Koreya Respublikasi Fan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vazirligi, Janubiy Koreya Aerokosmik tadqiqotlar instituti, shuningdek, O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O‘zbekkosmos” agentligi mutaxassislari o‘rtasida bir necha bosqichda muzokaralar o‘tkazilgan.
Shavkat Mirziyoyev kosmos agentligini tashkil etdi
Ta’kidlanishicha, yaiin kunlarda qo‘shma ishchi guruh mutaxassislari o‘rtasida videokonferensiya o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya va O‘zbekiston kosmosda hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimning matnini tasdiqlagani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0