Abdug‘ani Sanginov mintaqa gidroenergetikasi rivojlanishiga qo‘shgan hissasi uchun taqdirlandi

© Press-slujba Senata Oliy MajlisaChlen Senata Oliy Majlisa Uzbekistana, predsedatel pravleniya AO "Uzbekgidroenergo" Abdugani Sanginov
Chlen Senata Oliy Majlisa Uzbekistana, predsedatel pravleniya AO Uzbekgidroenergo Abdugani Sanginov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2021
Obuna bo‘lish
Toshkentda “Gidroenergetika. Markaziy Osiyo va Kaspiy” beshinchi xalqaro kongressi va ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. “O‘zbekgidroenergo” AJ boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov O‘zbekiston va Markaziy Osiyo gidroenergetikasi rivojlanishiga qo‘shgan hissasi uchun taqdirlandi. Bu haqda “Sputnik” muxbiri xabar qilmoqda.
Mukofotni Sanginovning o‘rniga “O‘zbekgidroenergo” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Bekzod Amirsaidov qabul qilib oldi.
Bugun Toshkentda “Gidroenergetika. Markaziy Osiyo va Kaspiy” beshinchi xalqaro kongressi va ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Tadbir O‘zbekiston Energetika vazirligi ko‘magida bo‘lib o‘tmoqda. “O‘zbekgidroenergo” AJ kongressning strategik hamkoridir.
Oldingi tadbir 2020-yil 19-20 fevral kunlari Bishkekda bo‘lib o‘tgandi.
Yangiliklar lentasi
0