Dunyoda

Insoniyatni qanday qutqarish mumkin? Geyts asosiy usullaridan birini aytdi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishObrazets kultiviruyemogo myasa, vыraщennogo v laboratorii gennoy injenerii v Ochakovskom kombinate piщevыx ingrediyentov (OKPI) v Moskve.
Obrazets kultiviruyemogo myasa, vыraщennogo v laboratorii gennoy injenerii v Ochakovskom kombinate piщevыx ingrediyentov (OKPI) v Moskve. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.02.2021
Microsoft asoschisi Bill Geyts insoniyatni iqlim falokatidan qutqarish uchun nima qilish kerakligi yuzasidan fikr bildirdi.
TOSHKENT, 17 fev — Sputnik. Amerikalik ishbilarmon va Microsoft asoschisi Bill Geyts insoniyatni iqlim falokatidan qutqarish uchun nima qilish kerakligi yuzasidan fikr bildirdi. RIA Novosti xabariga asosan.
"Men barcha boy mamlakatlar 100 foiz sintetik mol goʻshtiga oʻtishlari kerak, deb hisoblayman. Keyinchalik siz yangi taʼmga oʻrganib qolasiz, vaqt oʻtishi bilan ishlab chiqaruvchilar uni yaxshilaydi", - dedi u Technology Review’ga bergan intervyusida.
Geyts oʻsimlik oqsillariga oʻtish chorvachilik ishlab chiqaradigan metan tashlanmalarini kamaytirishga yordam beradi, deb umid qilmoqda.
Avvalroq ishbilarmon iqlim neytralligiga erishishni insoniyat uchun eng qiyin vazifa deb aytgandi. Buning uchun, uning fikriga koʻra, koʻmir, neft va gaz yonishidan chiqadigan zararli gazlarni kamaytirishga eʼtibor qaratish lozim.
Bill Geyts yaqin kelajakda insoniyatga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan 2 ta tahdid - iqlim oʻzgarishi va bioterrorizm boʻlishi mumkinligini aytgandi.
Har yili "pandemiya payti"ga qaraganda, koʻproq odamlar iqlim oʻzgarishidan aziyat chekishi mumkin, deya bashorat qilgandi ishbilarmon.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala