Insoniyatni qanday qutqarish mumkin? Geyts asosiy usullaridan birini aytdi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishObrazes kultiviruyemogo masa, virashennogo v laboratorii gennoy injenerii v Ochakovskom kombinate pishevix ingrediyentov (OKPI) v Moskve.
Obrazes kultiviruyemogo masa, virashennogo v laboratorii gennoy injenerii v Ochakovskom kombinate pishevix ingrediyentov (OKPI) v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2021
Obuna bo‘lish
Microsoft asoschisi Bill Geyts insoniyatni iqlim falokatidan qutqarish uchun nima qilish kerakligi yuzasidan fikr bildirdi.
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Amerikalik ishbilarmon va Microsoft asoschisi Bill Geyts insoniyatni iqlim falokatidan qutqarish uchun nima qilish kerakligi yuzasidan fikr bildirdi. RIA Novosti xabariga asosan.
"Men barcha boy mamlakatlar 100 foiz sintetik mol go‘shtiga o‘tishlari kerak, deb hisoblayman. Keyinchalik siz yangi ta’mga o‘rganib qolasiz, vaqt o‘tishi bilan ishlab chiqaruvchilar uni yaxshilaydi", - dedi u Technology Review’ga bergan intervusida.
Geyts o‘simlik oqsillariga o‘tish chorvachilik ishlab chiqaradigan metan tashlanmalarini kamaytirishga yordam beradi, deb umid qilmoqda.
Avvalroq ishbilarmon iqlim neytralligiga erishishni insoniyat uchun eng qiyin vazifa deb aytgandi. Buning uchun, uning fikriga ko‘ra, ko‘mir, neft va gaz yonishidan chiqadigan zararli gazlarni kamaytirishga e’tibor qaratish lozim.
Bill Geyts yaqin kelajakda insoniyatga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan 2 ta tahdid - iqlim o‘zgarishi va bioterrorizm bo‘lishi mumkinligini aytgandi.
Har yili "pandemiya payti"ga qaraganda, ko‘proq odamlar iqlim o‘zgarishidan aziyat chekishi mumkin, deya bashorat qilgandi ishbilarmon.
Yangiliklar lentasi
0