Dunyoda

Misr prezidenti fuqarolarni ikki farzand bilan cheklanishga chaqirdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishPrezident Arabskoy Respubliki Yegipet Abdel Fatax as-Sisi
Prezident Arabskoy Respubliki Yegipet Abdel Fatax as-Sisi  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.02.2021
Mamlakat aholisi 100 milliondan oshib ketgan, har yili 2 million chaqaloq dunyoga keladi. Mamlakat dunyoda aholi soni boʻyicha 14 oʻrinda.
TOSHKENT, 17 fev — Sputnik. Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi birinchi marta mamlakat aholisining jadal oʻsib borayogani yuzasidan xavotir bildirdi. U Ismoiliya viloyatidagi bir qator tibbiyot muassasalarining ochilish marosimidagi chiqishida har bir oila ikki nafardan ziyod farzandga ega boʻlmasligi kerakligini tushuntirdi, deb xabar qiladi “Al-Ahram”.
LIVE_Sputnik: Liderы stran prinimayut uchastiye v utrenney sessii OON - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.12.2020
Siyosat
BMT 2021 yilda eng ogʻir gumanitar inqirozni bashorat qildi
“Bir oilada ikki nafardan ziyod farzand – juda katta muammo, aholining tez oʻsishi xavfli ekanini har bir kishiga yetkazmoq darkor”, - dedi u.
Shu bilan birga, prezidentning soʻzlariga koʻra, hukumat muammoni qatʼiy qonun va cheklovlar bilan hal qilmoqchi emas.
“Biz aholi oʻsishiga qarshi kurashish va buning uchun har Misr oilalariga kerakli xizmatni taqdim etish dasturi ustida ish olib bormoqdamiz”, - deya tushuntirdi u. As-Sisi aholi oʻsishi mavjud zaxiralarga mos qilishini qoʻshimcha qilib, uning jadal koʻpashishi iqtisodiyotga salbiy taʼsir koʻrsatishini qayd etdi.
“Aholi oʻsishi masalasi nazoratga olinmas ekan, odamlar ular hayotidagi hech qanday yaxshilanishni his qilishmaydi”, - dedi Misr yetakchisi.
Misr dunyoda aholi darajasi boʻyicha 14 oʻringa chiqqan. Hozirda mamlakatda 103,8 milliondan ziyod aholi istiqomat qiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala