Mushuk bolalarni o‘ta zaharli ilondan qutqardi - foto

CC0 / Unsplash / Photoholgic Zmeya
Zmeya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2021
Obuna bo‘lish
Avstraliyada Artur laqabli mushuk o‘z joni evaziga bolalarni o‘ta zaharli ilon hujumidan qutqardi - Tanaxva (Kvinslend) mahalliy veterinariya klinikasi.
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Avstraliyada Artur laqabli mushuk o‘z joni evaziga bolalarni sharqiy jigarrang ilondan qutqardi – bu ilon qit’adagi eng zaharli ilonlardan biri hisoblanadi.
Bu haqda Tanaxva (Kvinslend) mahalliy veterinariya klinikasining Facebook'dagi akkauntida joylashtirilgan xabar orqali ma’lum bo‘ldi.
Hodisa uyning hovlisida sodir bo‘ldi. U yerda bolalar o‘ynab yurishgan, ular oldida mushuk ham yotgan edi. To‘satdan ular yoniga ilon yaqinlashadi.
"Artur ilon ustiga sakrab, uni o‘ldiradi. Bu bilan mushuk bolalarni himoya qildi. Afsuski, ilon uni chaqishga ulgurgan ekan", - deb aytishdi klinikada.
Shoshilinch ravishda ota-onalar bolalarni hovlidan olib ketib, mushuk hushidan ketganini sezmay qolishdi. Tez orada u o‘ziga keldi.
Ertasi kuni ertalab Artur o‘rnidan turolmaydi. Uni zudlik bilan veterinariya klinikasiga olib borishadi, ammo muolajalar yordam bermadi.
Yangiliklar lentasi
0