Jamiyat

“Sputnik V” Oʻzbekistonda rasman roʻyxatdan oʻtdi

© Sputnik / Ilya Naymushin / Fotobankka oʻtish "Sputnik V" ("Gam-KOVID-Vak") dlya vaktsinatsii
 Sputnik V (Gam-KOVID-Vak) dlya vaktsinatsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.02.2021
Rossiyaning “Sputnik V” vaktsinasi Oʻzbekistonda rasman roʻyxatdan oʻtdi. Bugungi kunda ushbu vaktsinadan 1 mln. doza sotib olish rejalashtirilgan.
TOSHKENT, 17 fev - Sputnik. “Sputnik V” Oʻzbekistonda rasman roʻyxatdan oʻtdi, bu haqida Respublikasi Maxsus komissiyasi xabariga asosan OʻzA xabar qilmoqda. 
"Rossiyaning Gamaleya ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan “Sputnik V” vaktsinasi uchinchi bosqich klinik sinovlari natijalari asosida Oʻzbekistonda sertifikatlashtirilgan holda ommaviy qoʻllash jarayoniga ruxsat etilgan. Bugungi kunda ushbu vaktsinadan 1 million doza xarid qilish yuzasidan amaliy choralar koʻrilmoqda", - deyilgan xabarda. 
Shuningdek Oʻzbekitonda Xitoyning “Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co.,Ltd” kompaniyasining “ZF 2001” vaktsinasi sinovlari ham muvaffaqiyatli oʻtmoqda.
Meditsinskiy rabotnik - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.02.2021
Jamiyat
Oʻzbekiston COVID-19 vaktsinasi hammuallifi sifatida tan olindi
Biroz oldin Xitoy kompaniyasi vakili Oʻzbekistonni ushbu vaktsina hammuallif davlati sifatida qayd etilishini maʼlum qilib, vaktsinaga “ZF-UZ-VAC 2001” deb nom berilishini maʼlum qilgan edi.
Eslatib oʻtmiz, Oʻzbekiston koronavirusga qarshi birinchi navbatda emlanishi kerak boʻlgan fuqarolar toifasi belgilangan. Unga koʻra, birinchi navbatda kasalikka chalinish ehtimoli yuqori boʻlgan, keksa yoshli va surunkali kasaligi boʻlgan hamda birlamchi xizmat koʻrsatuvchi kasb egalari: oʻqituvchilar, shifokorlar IIB xodimlari emlanishi belgilangan. Maʼlum boʻlishicha ana shunday kishilar soni respublikada 4,1 mln kishini tashkil qiladi. 
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala