Tojikiston suv omborlaridan O‘zbekistonga barqaror suv yetib kelishi mexanizmi ishlab chiqiladi

© Sputnik / Amir IsayevNurekskoe vodoxranilishe Tadjikistana
Nurekskoe vodoxranilishe Tadjikistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Tojikiston mavjud texnik to‘siqlarni izchil ravishda olib tashlash va ikki mamlakat bozorlariga o‘zbek va tojik mahsulotlarining erkin kirib borishini ta’minlashni jadallashtiradi.
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari,  investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov va Tojikiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Davlatali Saidov o‘rtasida videokonferensiya shaklida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabariga ko‘ra, uchrashuv davomida tomonlar savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport, suv resurslari sohasida va bank-moliya sektorida o‘zaro aloqalarning bir qator dolzarb jihatlarini ko‘rib chiqib, kun tartibidagi asosiy masalalar bo‘yicha fikr almashdi.
"Xalqaro moliya institutlari va donorlarning moliyaviy-texnik yordamini jalb etish orqali qator gidrotexnik inshoot hamda obyektlarni modernizatsiya qilish va Tojikiston hududidagi suv omborlaridan O‘zbekistonga barqaror hamda o‘z vaqtida suv yetib kelishini ta’minlash mexanizmini ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlikni faollashtirish rejalashtirildi", - deyilgan xabarda.
Muzokaralar yakunida ikki mamlakatning asosiy vazirliklari va idoralari rahbarlaridan tashkil topgan qo‘shma ishchi guruhini tuzish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
O‘zbekiston uch viloyatidagi maydonlarni sug‘orish uchun Tojikistondan qo‘shimcha suv oladi
Tomonlarning umumiy fikriga ko‘ra, Tojikistonning sanoat obyektlarida elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (EEHO va  NQAT), shuningdek, tashqi yoritishni masofadan boshqarish avtomatlashtirilgan tizimi (TOMBAT) bo‘yicha loyihalarni birgalikda amalga oshirish istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi.
Shuningdek, mavjud texnik to‘siqlarni izchil ravishda olib tashlash va ikki mamlakat bozorlariga o‘zbek va tojik mahsulotlarining erkin kirib borishini ta’minlash orqali o‘zaro savdo hajmini oshirish uchun shart-sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha birgalikda ishlarni jadallashtirishga kelishildi.
Shuningdek, tomonlar investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, transport va suv-energetika hamkorligi sohalarida qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish uchun alohida "Yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqishga kelishib oldi.
Yangiliklar lentasi
0