Dunyoda

Yana Qora dengizda: Rossiya qiruvchilari Frantsiya harbiy samolyotlarini toʻxtatib qoldi

© Sputnik / SputnikRossiyskiye istrebiteli Su-27
Rossiyskiye istrebiteli Su-27 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.02.2021
Rossiyaning Su-27 qiruvchilari Qora dengiz ustida bir guruh Frantsiya harbiy samolyotlarini toʻxtatib qoldi.
TOSHKENT, 17 fev — Sputnik. Bugun Rossiyaning Su-27 qiruvchilari Qora dengiz ustida bir guruh Frantsiya harbiy samolyotlarini toʻxtatib qoldi, deb xabar qildi RF mudofaa vazirligi.
Istrebitel-bombardirovщik Mirage 2000 VVS Frantsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.10.2020
Dunyoda
Rossiya Su-27 qiruvchisi Frantsiya bombardimonchilarini toʻxtatib qoldi
Xabarda aytilishicha, 17 fevral kuni Qora dengizning neytral suvlari boʻylab joylashgan RLSlari Rossiya Federatsiyasining davlat chegarasiga yaqinlashayotgan xorijiy davlat samolyotlarini aniqladi.
Havo nishonlarini aniqlash va RF davlat chegarasi buzilishini oldini olish uchun Janubiy harbiy okrugning ikki dona Su-27 qiruvchisi havoga koʻtarildi.
Rossiya qiruvchilarining ekipajlari KS-135 yonilgʻi quyish samolyoti va 2ta “Miraj-2000” taktik aviatsiyasi samolyotidan iborat guruhini aniqladilar va ularni Qora dengiz boʻylab kuzatib borishdi.
Xorijiy davlat samolyotlari chegaradan uzoqlashganda, qiruvchilar aerodromga qaytdi. RF davlat chegaralari buzilishiga yoʻq qoʻyilmadi.
Oxirgi vaqtlarda xorijiy davlatlarning uchuvchisiz qurilma va razvedka samolyotlari Rossiya chegaralari yaqinida tez-tez paydo boʻlmoqda. Ular Qora dengiz, Kaliningrad viloyati, Boltiq dengizi, shuningdek Suriyadagi Rossiya harbiy bazasi yaqinida koʻrishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala