O‘zbekistonlik talabalarga Rossiyaga kirishga ruxsat berildimi?

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishMejdunarodniy aeroport v period pandemii koronavirusa
Mejdunarodniy aeroport v period pandemii koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya faqat 20ta aviaqatnov tiklangan davlatlardan talabalarni kiritishga ruxsat berdi. Ular orasida O‘zbekiston bormi?
TOShKENT, 17 fev - Sputnik. Rossiya OTMlarida o‘qiyotgan O‘zbekiston Respublikalari fuqarolariga hozircha Rossiyaga kirish mumkin emas. Bu haqida Rospotrebnadzor xabariga asosan O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi xabar qilmoqda. 
Rospotrebnadzor xabarida aytilishiga ko‘ra, hozircha faqat Rossiya bilan "aviqatnovlar rasman tiklangan mamlakatlardan" talabalar kelishiga ruxsat berilgan. 
Rossiyaga kirib kelayotgan talabalar 2 marotaba PZR test topshirishlari kerak bo‘ladi. Birinchi marotaba - Rossiya Federatsiyasi hududiga kirib kelishdan ko‘pi bilan 3 kun oldin va ikkinchi marotaba - Rossiya Federatsiyasi hududiga kirib kelgandan so‘ng 72 soat mobaynida test topshiradilar, - deyilgan xabarda.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi yana bir bbor eslatib o‘tgan - 2021-yil 16-fevral holatiga ko‘ra, Rossiya tomoni O‘zbekiston fuqarolarining mamlakatga kirib kelishlari, jumladan, o‘qish maqsadida kelishlari uchun o‘rnatilgan cheklovlarni bekor qilgani yo‘q.
Ma’lumot uchun, bugungi kun holatiga Rossiya 20 ta davlat bilan aviaqatnovlarni rasman ochgan: Belarus, Buyuk Britaniya, Serbiya, Finlyandiya, 
Shveysariya, Vyetnam, Hindiston, Turkiya, Qozog‘iston, Qatar, Qirg‘iziston, Maldivi, BAA, Janubiy Koreya, Yaponiya, Seysheli, Tanzaniya, Misr, Efiopiya, Kuba.  
Yangiliklar lentasi
0