Tojikiston O‘zbekiston va Afg‘onistonga elektr energiyasini eksport qilishga tayyor

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishNovosibirskaya GES
Novosibirskaya GES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.02.2021
Obuna bo‘lish
"Barki Tochik" davlat energoxoldingida 2021-yilda O‘zbekiston va Afg‘onistonga yetkazib beriladigan elektr energiyasi bilan bog‘liq rejalar haqida gapirib berishdi.
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. 2021 yilda Tojikiston ikkita davlatga elektr energiyasi hajmini oshirishni rejalashtirmoqda, deb ma’lum qildi "Barki Tochik" davlat xoldingi rahbarining birinchi o‘rinbosari Maxmadumar Asozoda, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston nashri.
Linii elektroperedachi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.01.2021
O‘zbekiston nega Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berayotgani izohlandi
Elektr energiyasini yetkazib berish bo‘yicha bitimlar O‘zbekiston va Afg‘onistonning tegishli mas’ul idoralari bilan imzolangan.
Asozoda so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda Afg‘onistonga sutkada 50 MVt elektr energiyasi eksport qilinmoqda. Aprel oyidan boshlab elektr energiya eksporti hajmini 400-450 MVtga oshirish rejalashtirilmoqda.
"Afg‘onistonga elektr energiya eksporti ikkita - 110 kV va 220 kV elektr uzatish liniyalari bo‘yicha amalga oshirilmoqda. 110 kV LEP bo‘yicha yetkazib beriladigan elektr energiyasi bahosi kilovatt uchun 3 sentni tashkil etadi, 220 kV LEP bo‘yicha esa - 4,5 sentni, yiliga 3% oshish sharti bilan", - degan "Barki Tochik" rahbarining birinchi o‘rinbosari.
Asozodaning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekistonga elektr energiyani yetkazib berish ishlari mavsumiy xarakterga ega. Imzolangan bitim doirasida Tojikiston O‘zbekistonga 1,5 milliarda kVt/s elektroenergiyasini eksport qilishni rejalashtirgan.
Yangiliklar lentasi
0