Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Jamiyat

Oʻzbekistonda 2030 yilgacha aholini ijtimoiy himoya qilish milliy strategiyasi ishlab chiqiladi

© Unsplash / Helena LopesMolodыe lyudi obnimayutsya. Illyustrativnoye foto
Molodыe lyudi obnimayutsya. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.02.2021
Farmoyishda koʻzda tutilgan chora-tadbirlar BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari kambagʻallikni kamaytirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish hamda ayollar, erkaklar, shu jumladan yoshlar va nogironlarni toʻliq, foydali va munosib ish bilan taʼminlashga yordam beradi.
TOSHKENT, 18 fev - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti "2021–2030 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoyishini imzoladi, deb xabar bermoqda Moliya vazirligi axborot xizmati.
Starik schitayet dengi v dushanbinskom parke. Arxivnoye foto  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.10.2020
Jamiyat
Davlat byudjeti 2021: qaysi sohalar ijtimoiy xarajatlari oshirildi
Mazkur Kontseptsiya doirasida:
aholini ijtimoiy himoya qilish Milliy strategiyasi ishlab chiqiladi va unda ijtimoiy himoya sohasida ijtimoiy yordam va xizmatlarning bazaviy kafolatlari belgilanadi, ilgʻor amaliyotlarda qabul qilingani kabi onalikni himoya qilish va vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik boʻyicha nafaqalarini ijtimoiy sugʻurta tizimiga kiritish hamda Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasini tashkil etish masalasi oʻrganiladi;
barcha kam taʼminlangan oilalarni ijtimoiy nafaqalar bilan qamrab olish maqsadida ijtimoiy nafaqalarni tayinlash uchun ariza beruvchilarning muhtojlik darajasini aniqlash jarayonlarini soddalashtirish hamda ijtimoiy nafaqalarni tayinlash va toʻlash jarayonlarini tezlashtirishga eʼtibor qaratiladi;
davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan ishsiz fuqarolarning bandligini taʼminlash uchun berilayotgan subsidiyalar samaradorligini oshirish maqsadida ijtimoiy kontrakt tizimini joriy etish koʻzda tutiladi. Davlat tomonidan aholiga koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlarning samaradorligini oshirish maqsadida ijtimoiy xizmatlarni individual ijtimoiy moslashuv dasturlari orqali taqdim etish tizimi ishlab chiqiladi.
Pojilыe lyudi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.08.2020
Jamiyat
Oʻzbekistonda Yagona ijtimoiy reyestr joriy etiladi
Mazkur Farmoyishga koʻra, joriy yilning 1 noyabriga qadar vazirliklar va idoralari, ilmiy muassasalari, Xalqaro mehnat tashkiloti, YUNISEF, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi va Jahon bankining yetakchi mutaxassislaridan iborat ekspertlar guruhi tomonidan 2030 yilgacha aholini ijtimoiy himoya Milliy strategiyasi loyihasi hamda uni amalga oshirishning uch yillik rejasi ishlab chiqiladi. Strategiyada koʻzda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha xarajatlar ushbu xalqaro hamkorlar bilan birgalikda hisoblab chiqiladi.
Farmoyishda koʻzda tutilgan chora-tadbirlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlari kambagʻallikni kamaytirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish hamda ayollar, erkaklar, shu jumladan yoshlar va nogironlarni toʻliq, foydali va munosib ish bilan taʼminlashga yordam beradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala