Xonobodda toksik zaharlanish yoki radiatsiya yo‘q – Mudofaa vazirligi

© Depositphotos.com / ArtfotossZnak radiatsii
Znak radiatsii  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.02.2021
Obuna bo‘lish
Xonobod bazasida toksik zaharlanish yoki nurlanish holatlari haqidagi xabarlar borasida, O‘zbekiston Mudoffaa vazirligi AQShga diplomatik kanallar orqali munosabat bildiradi.
TOShKENT, 19 fev – Sputnik. 2001-2005 yillarda AQSh harbiylari xizmat qilgan O‘zbekistondagi  Xonobod  aviabazasida toksik zaharlanish holatlari aniqlanmagan. Bu yerda xizmat qilayotgan O‘zbekistonlik harbiylar har bir parvoz oldidan tekshiruvdan o‘tmoqda, dedi Mudofaa vazirligining matbuot kotibi Bahrom Zulfiqorov.
“AQSh harbiylari bu yerda 5-yil yashagan bo‘lsa, o‘zbekistonlik harbiylar bu yerda 15-20 yildan buyon hizmat qilmoqda. Ayrim texnik mutaxassislar bu yerda bir umr ishlaydi. Lekin ularda amerika askarlarida qayd etilgan holatlar aniqlanmagan”, - dedi Zulfiqorov jurnalistlarga.
Mudofaa vazirligi kotibining so‘zlariga ko‘ra, bu yerda xizmat qilayotgan harbiy uchuvchilar nafaqat har mavsumda, balkim har bir parvoz oldidan ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Trenirovochnie poleti na aerodrome Xanabad - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.02.2021
"Xonobod" bazasidagi vaziyat o‘rganilmoqda - Ekologiya qo‘mitasi 
Undan tashqari bu yer harbiy qism bo‘lgani uchun unda radiatsiya va boshqa muhitni har soatda tekshirib turadigan aspoblar bor va agar normadan biror o‘zgarish sodir bo‘lgan taqdirda darhol “trevoga” ko‘tariladi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp, ketishidan bir kun oldin, 2000-yillar boshida O‘zbekistonda xizmat qilgan harbiylarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan maxsus buyruq imzolagan edi. Unda aytilishiga ko‘ra O‘zbekistonda xizmat qilganlarning 75% (11 mingdan ortiq) saraton va boshqa turli kasalliklarga chalingan.
Mudofaa vazirligi matbuot kotibining aytishiga  qaraganda, Xonoboddagi harbiy bazada radiatsion yoki toksik zaharlanish bo‘lishi – haqiqatdan yiroq. Va aksincha, bunday xabarlar  O‘zbekiston imidjiga va turistik potensialiga zarar yetkazishi mumkin.
Ushbu munosabat bilan Mudoffaa vazirligi diplomatik kanallar orqali AQShga ushbu masala borasida rasmiy munosabat bildirilishini ma’lum qildi.
Yangiliklar lentasi
0