Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Kolumnistlar

Rossiya va Yevropa Ittifoqi: ajrashish muqarrarmi?

© Sputnik / Vladimir Sergeev / Fotobankka oʻtishFlagi Rossii i Yevrosoyuza
Flagi  Rossii i Yevrosoyuza - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.02.2021
Yagona Yevropa hech kimning ishonchini oqlamadi. Rossiya bundan buyon Parij va Berlin bilan alohida alohida gaplashadi.
Soʻnggi bir necha kun davomida butun dunyo Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning soʻzlarini muhokama qilmoqda. Intervyulardan birida Lavrov Rossiya Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarni uzishgan tayyor ekanini bildirgan edi.
"Biz tayyormiz, agar oldin birn necha marotaba boʻlganidek, iqtisodimizning turli sohalariga, jumladan  eng nozik sohalariga ham taʼsir qiluvchi sanktsiyalar kiritilishida davom etaversa, Moskva Bryussel bilan aloqalarni uzishi mumkinligini istisno qilmaydi", - degan edi Rossiya TIV rahbari.
Lavrov nazval situatsiyu s Navalnыm instsenirovkoy so storonы Zapada - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.02.2021
Dunyoda
Tinchlik istasang - urushga tayyor boʻl: Rossiya YEI bilan aloqalarni uzishga tayyor - Lavrov
Shu bilan birga Sergey Lavrov dunyo hamjamiyatidan ajralib qolishni istamasligini, lekin Rossiya bunga tayyor boʻlish kerakligini taʼkidlagan edi. “Tinchlik istasang - urushga tayyor boʻl", - degan edi oʻshanda TIV rahbari. 
Shok - bu bizga xos. Rossiyaning YEI bilan aloqalarni uzishga tayyorligi – bu xalqaro darajadagi yangilik. Yaqinda Finlandiya TIV rahbari Pekko Xaavisto bilan boʻliboʻtgan suhbat chogʻida Lavrov oʻz soʻzlariga aniqlik kiritdi.
“Biz muammolarni muhokama qilishga tayyormiz, agar ular Rossiya manfaatlariga doir boʻlsa. Biz shuningdek iqlim oʻzgarishi masalalari borasida ham aloqa qilmoqdamiz, lekin ushbu munosabatlarning asosiy ustunlari yaqinda Bryussel tashabbusi bilan ataylab buzib tashlandi”, - dedi Lavrov.   
YEIning tashqi ishlar boʻyicha  yuqori vakili Jozep Borrel Moskvadan qaytganidan soʻng bir qator salbiy bayonotlar bilan chiqqan edi. Xususan u Rossiya bizning ishonchimizni oqlamadi va zamonaviy demokratik davlatga aylana olmadi va Yevropadan ildam uzoqlashmoqda”, - dedi.
Aslida esa buning aksi sodir boʻldi: Bryussel Rossiya bilan YEI orasida yillar davomida yaratilgan barcha hamkorlik mexanizmlarini birma-bir buzib tashladi. Ular orasida jumladan hamkorlik shartnomalari, yiliga 2 marotaba oʻtkaziladigan sammitlar, Rossiya hukumati va Yevrokomissiyaning yilik uchrashuvlari, 20 ta sektorlararo dialoglar va boshqalar bor edi.
Angela Merkel - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.02.2021
Rossiya
Qimmatga tushdi: Yevropa Rossiya tufayli milliardlar yoʻqotdi
Sergey Lavrov Rossiya va YEI munosabatlarini “hamma jazolaydigan yosh bola” boʻlish Rossiyaning joniga tekkanini, Tango raqsini ikki kishi ijro etishi kerakligini va “suymaganga suykalma” kabi iboralar bilan izohladi.  Boshqacha qilib aytganda, Rossiya diplomatlari harchand urinishmasin YEI bilan munosabatlarni yaxshilashning iloji boʻlmayotganini va har doim Rossiya “aybdor” boʻlib qolayotganini afsus bilan taʼkidladi. Yaqinda Moskvaga kelgan Borrel ham uyiga qaytishi bilanoq, Rossiyani hamma gunohlarda ayblan sanoqsiz sanktsiyalar kiritishni talab qoldi. Shunday ekan oʻzi nimaga kelgan edi degan oʻrinli savol tugʻiladi?
Xullas, bundan buyon Yevropa bilan bunaqa ohangda munosabatlarni davom ettirib boʻlmasligi ayon boʻldi. YEI bundan buyon kelishish mumkin boʻlgan hamkor sifatida qabul qilinmasligi rasman eʼlon qilindi.
Rossiya esa Yevropa ittifoqi bilan tuzilgan shartnomalar Bryussel tomonidan ularning bajarilishi kafolatlanmaganini yaxshi tushundi. Yevropalik amaldorlar biror nima haqida kelishgan boʻlsa ham va ushbu kelishuv shartnomada aks etgan boʻlsa-da, bu majburiyatlarning bajarilishini kafolatlamaydi.
Yevropalik byurokratning soʻzi u yozilgan qogʻozdan arzon turishi aniq boʻldi. Bunga Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich 2014 yilning 21 fevralida “Ukrainada siyosiy inqirozni bartaraf etish” haqida imzolagan shartnomasi ham juda yaxshi misol boʻla oladi. Oʻshanda Yevropaning qator oliy martabali amaldorlari shartnoma bajarilishini kafolatlagan edi. Rossiya vakili esa ushbu hujjatni imzolamagan edi va u haq boʻlib chiqdi. Chunki Yevropa Ittifoqi kafolatlari sariq chaqaga arizmas ekan: oradan ikki kun oʻtib inqilobchilar prezident saroyi va Radani egallab olishdi. Rada esa Ukraina Konstitutsiyasiga zid ravishda Yanukovichni hukumatdan chetlatdi. Prezident oʻz jonini saqlab qolish uchun mamlakatdan qochishga majbur boʻldi. Bularning hammasi Ukrainada tinchlik va qonuniylikni kafolatlagan Varshava, Berlin va Bryussel koʻz oldida sodir boʻldi. Buning uchun hech kim hatto  kechirim ham soʻramadi. Hamma oʻzini xuddi hech narsa boʻlmagandek tutdi. Axir buni siyosiy tovlamachilikdan boshqa nima deyish mumkin?
Jenщina pod zontom ryadom s flagom YES - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.02.2021
Analitika
Yevropa Rossiya bilan aloqalarni boshi berk koʻchaga olib kirdi. Ammo oʻzi ham bundan xursandmas
Rossiya Tashqi ishlar vaziri hozirgi zamonning eng yaxshi diplomatlaridan biri, buni koʻp kuzatuvchilar qayd etgan. Lavrov iboralar tanlashni juda yaxshi biladi. Shu sababli uning har bir soʻzi juda muhim.  Masalan yevropa haqida aytgan nutqida u “Yevropa” emas “Yevropa Ittifoqi” terminidan foydalanishi ham bejiz emas. Bu Rossiya Yevropaning alohida mamlakatlari va ular ustida turgan YEI byurokratlari orasidagi farqni juda yaxshi his qilishidan darak beradi. Yaʼni Rossiya Yevropaning alohida davlatlari bilan ikki tomonlama munosabatlarni davom ettirishga tayyor va davom ettirmoqda ham, lekin butun Yevropa ustida “sunʼiy qurilgan” YEI chinovniklar apparatini – ishonchsiz, nodoʻst va nomunosib deb hisoblaydi.
Borrel kabi YEI amaldorlari oʻz mamlakati manfaatlarini oʻylamaydi. Ular faqat korporativ manfaatlar va Vashington xihishiga qarab ish tutadi. Shu sababli ham ular YEIning ayrim davlatlari manfaatlarig qarshi yoʻl tutmoqda. Aniqrogʻi – Yeropaning aksariyat davlatlariga qarshi. Rossiya bilan azaliy va mustahkam munosabatlarga ega boʻlgan Frantsiya, Germani va Italiya YEIning rusofob pozitsiyasi tufayli  juda koʻp narsa yoʻqotmoqda. Ushbu davlat soliqlaridan maosh olayotgan Bryusselda oʻtirgan amaldorlarini esa bu narsa qiziqtirmaydi.
Lavrovning soʻzlariga yana bir bor qaytsak, Rossiya bir qator umumevropa institutlari bilan oʻziga zararli boʻlgan aloqalarni chekladi xolos. Rossiya Yevropa munosabatlarida ularning oʻrni aravaning beshinchi gʻildiragi kabi – ahamiyatsiz.
Medrabotnik s vaktsinoy Sputnik V - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.02.2021
Analitika
Yevropa "Sputnik V"ni tekshirib koʻrdi. Germaniya foyda olishga hozirlanmoqda
Bir vaqtlar amerikalik diplomat Genri Kissendjer men Yevropa bilan gaplashishim uchun kimga qoʻngʻiroq qilishim kerak, degan oʻzining mashhur savolini bergan edi. Ushbu gapning maʼnosi – Amerika uchun muhim boʻlgan hech bir masala umumevropa darajasida hal boʻlmasligini bildiradi. Shuning uchun alohida goh London, goh Parij va goh Berlin bilan gaplashishga toʻgʻri keladi. Oradan yillar oʻtgan boʻlsa hamki, geostrategik jihatdan vaziyat oʻzgarmagan. Barcha oʻzgarishlar kosmetik xususiyatga ega xolos. Aksariyat holda Berlin va Parij Yevropaning “sogʻin sigirlari” boʻlmoqda.  
Shu vaqtda Rossiya ham Yevropa Ittifoqi institutidagi byurokratlar bilan ish qilish – samarasiz va axmoqlik ekanini butun dunyoga baralla aytmoqda. Germaniya yoki Frantsiya bilan alohida gaplashgan yaxshiroq. Har holda samaraliroq boʻladi: oʻzaro manfaatlar va ehtimoliy murosalar aniqroq boʻladi. Bundan buyon Rossiya ular bilan Bryusselsiz gaplashadi. Axir yagona Yevropa hech kimning ishonchini oqlamadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala