Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Video

Qozogʻiston gerbi amaldor savollarga javob berayotgan vaqtda qulab tushdi

Qozogʻistonning Jambil viloyati hokimi chiqishi vaqtida noqulay vaziyat yuzaga keldi. Barchaning koʻz oʻngida minbardagi gerb gumburlab qulab tushdi.
Hodisa Jambil viloyati hokimi Berdibek Saparbayevning aholi bilan hisobot uchrashuvi vaqtida roʻy bergan.
Hudud rahbari gerb boʻlgan minbarda turib, aholining savollariga javob berardi. Bir payt davlat ramzi sekinlik bilan pastga tusha boshladi, keyin gumburlab batamom qulab tushdi.
Hokimning zalda boʻlganlarga murojaat qilib, Qozogʻiston gerbini yerdan koʻtarib qoʻyishni iltimos qilishiga toʻgʻri keldi.
Shu payt videoga tushib qolgan boshlovchining boʻlgan hodisaga munosabati koʻpchilikning diqqatini oʻziga tortdi. U lom-mim demadi, ammo uning koʻzlaridan u demoqchi boʻlganini bilib olish qiyin emas.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala