Aniqlangan koronavirusning yarmidan ko‘pi Toshkentga to‘g‘ri kelmoqda

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishMeditsinskie sotrudniki vxodat v krasnuyu zonu gorodskoy klinicheskoy bolnisi
Meditsinskie sotrudniki vxodat v krasnuyu zonu gorodskoy klinicheskoy bolnisi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.02.2021
Obuna bo‘lish
Kecha O‘zbekistonda yana 34 kishining koronavirusga topshirgan testi musbat chiqdi. Shulardan 21 nafari Toshkent shahridan.
TOShKENT, 20 fev — Sputnik. O‘tgan kun O‘zbekistonda yana 34 kishida koronavirus aniqlandi. Mamlakatda jami kasallanganlar soni 79 632 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.
Gospital dlya lecheniya bolnix COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.02.2021
O‘zbekistonda koronavirus: yangi holatlar qaysi hududda aniqlandi?
Kecha aniqlangan holatlarning 21 tasi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda. Qolganlari Andijon viloyatida (3 ), Jizzax viloyatida (1 ), Namangan viloyatida (1 ), Sirdaryo viloyatida (2), Farg‘ona viloyatida (3), Xorazm viloyatida (1), Toshkent viloyatida (2) aniqlangan.
Respublikada jami 78127 nafar bemor tuzalib ketgan va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 883 nafar bemordan 153 nafari og‘ir, 28 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra dunyo bo‘ylab koronavirus yuqtirib olganlar soni 111,2 milliondan oshib ketgan. Shulardan 86,1 millioni shifo topgan. 2,4 milliondan ziyod kishi virus qurboniga aylangan. Kasallanganlar soni bo‘yicha AQSh (28,6 mln), Hindiston (10,9 mln), Braziliya (10 mln) Rossiya (4,1 mln) va Buyuk Britaniya (4 mln) yetakchilik qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0