Sport

Fargʻonada hakamni tepgan va futboldan chetlashtirilgan futbolchi ozodlikka chiqarildi

CC0 / Unsplash / Emilio Garcia / Futbolnыy myach
Futbolnыy myach - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.02.2021
Fargʻonada hakamni tepgani uchun 10 yilga futboldan chetlatilgan “Neftchi” futbolchisi ozodlikka chiqarildi.
TOSHKENT, 20 fev — Sputnik. “Neftchi” — “Turon” uchrashuvida hakamni tepgan “Neftchi” futbolchisi Jamshid Toʻraqulov ozodlikka chiqarildi. Bu haqda Fargʻona klubi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Maʼlum qilinishicha, Jamshid Toʻraqulov bilan birgalikda Fargʻona klubining boshqa bir futbolchisi Doston Toshmatov ham 19 fevral, juma kuni sud zalidan ozodlikka chiqarilgan.
Oʻzbekiston futbolchilar kasaba uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoyevning soʻzlariga koʻra, 15 fevral kuni oʻtgan sud majlisida Fargʻonadagi oʻyinni boshqargan hakamlarning oʻzlari ham ishtirok etib, futbolchilarga nisbatan hech qanday adovati yoʻqligi, ularning ozod etilishlariga qarshi emasliklarini bildirgan.
19 fevral kuni ertalab sud majlisi boʻlib, kechga yaqin sud hukmi eʼlon qilinib, futbolchilar ozodlikka chiqarilgan. Shuningdek, Murzoyev futbolchilarga nisbatan OʻFA tartib-intizom qoʻmitasi tayinlagan jazolar hali amaldaligini maʼlum qilgan.
Eslatib oʻtamiz, futbol boʻyicha Oʻzbekiston Pro Ligasining 2019/20 yilgi mavsumi 20-turidan oʻrin olgan “Neftchi” — “Turon” uchrashuvidan keyin “Neftchi” futbolchilari va muxlislari hakamlarga hujum qilishgandi.  OʻFA tartib-intizom qoʻmitasi “Neftchi” klubi futbolchisi Toʻraqulov uchrashuv bosh hakamga qasddan tan jarohati yetkazgani uchun unga 10 yil muddatga futbol bilan bogʻliq har qanday faoliyat bilan shugʻullanishdan chetlatish intizom chorasini qoʻllangandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala