Jamiyat

“Prava” olish uchun imtihon: IIV yangi qaror tayyorladi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishTeoreticheskiye i prakticheskiye zanyatiya v avtoshkole DOSAAF
Teoreticheskiye i prakticheskiye zanyatiya v avtoshkole DOSAAF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.02.2021
“Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomalarini olish uchun imtihonlarni oʻtkazish sohasiga xususiy sektorni jalb etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.
TOSHKENT, 20 fev — Sputnik. IIV “Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomalarini olish uchun imtihonlarni oʻtkazish sohasiga xususiy sektorni jalb etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi hukumat qarori loyihasini tayyorladi.
Teoreticheskiye i prakticheskiye zanyatiya v avtoshkole DOSAAF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.12.2020
Jamiyat
Xususiy sektorga apreldan “prava” olish uchun imtihon oʻtkazish huquqi beriladi
Qaror loyihasida quyidagilar nazarda tutilmoqda:
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan 2021 yil 1 apreldan boshlab:
- haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish huquqiga ega boʻlgan tadbirkorlik subʼyektlari xizmat koʻrsatish hududlarida Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish faoliyatini tadbirkorlik subʼyektlarining tegishli litsenziyasi amal qilish sanasidan eʼtiboran toʻxtatilishi;
- haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish huquqiga ega boʻlgan tadbirkorlik subʼyektlari bilan oʻzaro axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyilishi;
- tadbirkorlik subʼyektlarida haydovchilik guvohnomasini olish uchun oʻtkaziladigan nazariy va amaliy imtihonlar jarayoni ustidan Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati vakilining bevosita yoki onlayn nazorati taʼminlanishiga doir chora-tadbirlar belgilangan.
Shuningdek, “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018 yil 31 maydagi 408-son hukumat qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda:
- tadbirkorlik subʼyektlariga barcha toifadagi avtomototransport vositalarini (trolleybus va tramvaydan tashqari) boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talablari va shartlari, shuningdek, ularga rioya etilishini nazorat qilish tartibi;
- tadbirkorlik subʼyektlari tomonidan haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazishga doir talablar;
Teoreticheskiye i prakticheskiye zanyatiya v avtoshkole DOSAAF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.02.2020
Jamiyat
“Prava” olish uchun avtomaktablarda oʻqish majburiyligini bekor qilish taklif qilindi
- tadbirkorlik subʼyektlari uchun zamonaviy avtodromlarni tashkil etish va ularni avtomatlashtirilgan maxsus transport vositalari bilan jihozlash boʻyicha qoʻshimcha majburiyatlar;
- Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati vakili tomonidan imtihonlarni oʻtkazish jarayonining bevosita yoki onlayn nazoratini olib borish;
- nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga haydovchilik guvohnomasini olish uchun asos boʻladigan maxsus himoyalangan sertifikatlar berish tartibi;
- avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazishda foydalaniladigan obʼyektlarning jihozlanishiga qoʻyiladigan talablar;
- avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarning tadbirkorlik subʼyektlari tomonidan oʻtkazish tartibi va boshqalar.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala