Dunyoda

"Rosoboroneksport" 13 milliard dollarga qurol sotdi

© Sputnik / Sergey Mamontov / Fotobankka oʻtishVertoletы Voyenno-vozdushnыx sil Rossii
Vertoletы Voyenno-vozdushnыx sil Rossii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.02.2021
Rossiya harbiy sanoati jami eksporti miqdori 15 milliard dollarni tashkil qilgan, undan 2 milliardi - harbiy texnikaga xizmat koʻrsatish, taʼmirlash va ehtiyot qismlar yetkazib berishdan iborat. 
TOSHKENT, 20 fev - Sputnik. "Rosoboroneksport" 2020 yilda unga qarshi kiritilgan qator sanktsiyalarga qaramasdan umumiy qiymati 13 milliard dollarga teng qurol-aslaha eksport qildi.
Bu haqida davlat korporatsiyasining besh direktori Aleksandr Mixeyev Abu-Dabida 21-25 fevral k4uni boʻlib oʻtishi kutilayotgan IDEX-2021 - qurol-yarogʻ koʻrgazmasi arafasida xabar qildi. 
"Dunyo iqtisodining barcha sohalariga taaluqli boʻlgan obʼyektiv qiyinchiliklarga qaramasdan,  2020 yilda "Rosoboroneksport"ning eksportga yoʻnaltirilgan harbiy mahsuloti miqdori - oʻtgan yil miqdorida oʻzgarishsiz qoldi", - dedi Mixeyev.
Maʼlumot uchun, Rossiya oʻtgan bir necha oʻn yillar davomida jahon-qurol aslaha bozorida yetakchi oʻrinlardan birini egallab kelmoqda. Rossiya harbiy mahsuloti yillik eksporti miqdori oʻrtacha 15 milliard dollarni tashkil qiladi. Undan "Rosoboroneksport" ulushi 13 milliar, qolgan 2 milliard - boshqa harbiy sanoat korxonalari ulushi. Bular harbiy texnikaga xizmat koʻrsatish, taʼmirlash va ehtiyot qismlar yetkazib berishdan iborat. 
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala