Siyosat

Shavkat Mirziyoyev BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashi yigʻilishida nutq soʻzlaydi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVыstupleniye prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva na 75-y sessii Genassamblei OON
Vыstupleniye prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva na 75-y sessii Genassamblei OON - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.02.2021
Prezident oʻz nutqida mamlakatda demokratik yangilanishlarni chuqurlashtirishning ustuvor yoʻnalishlari hamda Inson huquqlari boʻyicha kengash doirasidagi ishlarning asosiy vazifalariga batafsil toʻxtalishi kutilmoqda.
TOSHKENT, 20 fev — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22 fevral kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari boʻyicha kengashi 46-sessiyasining yuqori darajadagi segmenti ishida ishtirok etadi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Koronavirus pandemiyasi munosabati bilan kengashning navbatdagi yigʻilishi Jeneva shahrida videoanjuman shaklida oʻtkaziladi.
Aziatskiy forum po pravam cheloveka v Samarkande - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.01.2021
Oʻzbekistonda inson huquqlari boʻyicha global forum oʻtkaziladi
Yigʻilish kun tartibidan inson huquqlariga rioya etilishi va ularni himoya qilish, shu jumladan fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni taʼminlash bilan bogʻliq eng dolzarb masalalar oʻrin olgan.
Tadbirda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissar Mishel Bachelet, qariyb 150 mamlakatdan davlat, hukumat rahbarlari, tashqi ishlar vazirlari va yuqori darajadagi vakillar ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Mirziyoyev forumning birinchi kunida, uning yalpi qismida nutq soʻzlaydi.
Davlat rahbari oʻz nutqida mamlakatda demokratik yangilanishlarni chuqurlashtirishning ustuvor yoʻnalishlari hamda Inson huquqlari boʻyicha kengash doirasidagi ishlarning asosiy vazifalariga batafsil toʻxtaladi.
Inson huquqlari boʻyicha kengash faoliyati butun dunyo boʻylab inson huquqlari himoyasini taʼminlashga qaratilgan BMT tizimidagi eng nufuzli hukumatlararo organlardan biri hisoblanadi.
Kengashga 47 ta davlat aʼzo. Oʻtgan yil oktyabr oyida Oʻzbekiston 2021-2023 yillar davriga ushbu tuzilma aʼzosi etib ilk bor saylandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala