Roʻyxatdan oʻtish muvaffaqiyatli boʻldi!
Iltimos, ga joʻnatilgan xatdagi havolaga oʻting
Iqtisod

Soliq qoʻmitasi haq boʻlib chiqdi - 1600ta korxonada QQS "yashirilgan"

© DSQRabota nalogovogo komiteta
Rabota nalogovogo komiteta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.02.2021
"Naqdlashtirish" bilan shugʻullangan korxonalar bilan xoʻjalik munosabatida boʻlgan korxonalarning 1610 tasida qonunbuzarlik tasdiqlandi va byudjetga 445 mlrd. soʻm soliqlarni qaytarish belgilandi.
TOSHKENT, 20 fev - Sputnik. Soliq qoʻmitasi tekshiruvdan oʻtkazgan korxonalarning 92,6 % QQS noqonuniy hisobga olingani tasdiqlandi
Joriy yilning 20 fevral holatiga respublikamiz boʻyicha jami 1 739 ta korxonada 479,4 mlrd.soʻmlik asossiz hisob (zachet)ga olingan qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) summalariga aniqlik kiritish boʻyicha kameral soliq tekshiruvlari yakunlandi va natijada quyidagilar aniqlandi:
  • 1610 ta, yaʼni 92,6 foiz korxonada (445 mlrd. soʻm) «soxta» operatsiyalarni amalga oshirish faktlari tasdiqlandi;
  • 55 ta, yaʼni 3,2 foiz (7,6 mlrd.soʻm) tashkilotda QQS summasini noqonuniy hisob (zachet)ga olish fakti qisman tasdiqlandi;
  • 74 ta, yaʼni nazorat tadbirlari oʻtkazilgan 4,2 foiz soliq toʻlovchilar tomonidan 26,7 mlrd. soʻmlik QQS summasini toʻgʻri hisob (zachet)ga olganligi holatlari boʻyicha asoslovchi hujjatlar taqdim etildi. Shu sababli ulardan ortiqcha olingan mablagʻlarni qaytarish boʻyicha tezkor jarayonlar boshlandi.
Shuningdek, kameral soliq tekshiruvlari jarayonida 108 ta korxonalar tomonidan QQS summasini toʻgʻri hisob (zachet)ga olish bilan bogʻliq yoʻl qoʻyilgan boshqa huquqbuzarliklar xam aniqlanib, ularga nisbatan 5,1 mlrd.soʻmlik soliqlar qoʻshimcha hisoblandi. Ayni damda murojaatlarni koʻrib chiqish davom etmoqda.
Eslatib oʻtamiz, bir necha kun oldin Soliq Qoʻmitasi 396 ta korxonani "naqdlashtirish" bilan shugʻullangan 396 ta "shubhali" korxonalar reyestrini tuzgan va ular bilan xoʻjalik munosabatlarida boʻlgan bir necha ming korxonalar QQS soliqlarini qayta hisoblab, qoʻshimcha toʻlovlar belgilagan edi. 
Shundan soʻng, koʻplab tadbirkorlar Soliq Qoʻmitasidan norozi boʻlib ularning QQSlarini qayta tekshirishni talab qilishgan va hatto biznes ombudsmenga murojaat qilishgan edi. 
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala