Soliq qo‘mitasi haq bo‘lib chiqdi - 1600ta korxonada QQS "yashirilgan"

© DSQRabota nalogovogo komiteta
Rabota nalogovogo komiteta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.02.2021
Obuna bo‘lish
"Naqdlashtirish" bilan shug‘ullangan korxonalar bilan xo‘jalik munosabatida bo‘lgan korxonalarning 1610 tasida qonunbuzarlik tasdiqlandi va budjetga 445 mlrd. so‘m soliqlarni qaytarish belgilandi.
TOShKENT, 20 fev - Sputnik. Soliq qo‘mitasi tekshiruvdan o‘tkazgan korxonalarning 92,6 % QQS noqonuniy hisobga olingani tasdiqlandi
Joriy yilning 20-fevral holatiga respublikamiz bo‘yicha jami 1 739 ta korxonada 479,4 mlrd.so‘mlik asossiz hisob (zachet)ga olingan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) summalariga aniqlik kiritish bo‘yicha kameral soliq tekshiruvlari yakunlandi va natijada quyidagilar aniqlandi:
  • 1610 ta, ya’ni 92,6 foiz korxonada (445 mlrd. so‘m) «soxta” operatsiyalarni amalga oshirish faktlari tasdiqlandi;
  • 55 ta, ya’ni 3,2 foiz (7,6 mlrd.so‘m) tashkilotda QQS summasini noqonuniy hisob (zachet)ga olish fakti qisman tasdiqlandi;
  • 74 ta, ya’ni nazorat tadbirlari o‘tkazilgan 4,2 foiz soliq to‘lovchilar tomonidan 26,7 mlrd. so‘mlik QQS summasini to‘g‘ri hisob (zachet)ga olganligi holatlari bo‘yicha asoslovchi hujjatlar taqdim etildi. Shu sababli ulardan ortiqcha olingan mablag‘larni qaytarish bo‘yicha tezkor jarayonlar boshlandi.
Shuningdek, kameral soliq tekshiruvlari jarayonida 108 ta korxonalar tomonidan QQS summasini to‘g‘ri hisob (zachet)ga olish bilan bog‘liq yo‘l qo‘yilgan boshqa huquqbuzarliklar xam aniqlanib, ularga nisbatan 5,1 mlrd.so‘mlik soliqlar qo‘shimcha hisoblandi. Ayni damda murojaatlarni ko‘rib chiqish davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Soliq Qo‘mitasi 396 ta korxonani "naqdlashtirish" bilan shug‘ullangan 396 ta "shubhali" korxonalar reyestrini tuzgan va ular bilan xo‘jalik munosabatlarida bo‘lgan bir necha ming korxonalar QQS soliqlarini qayta hisoblab, qo‘shimcha to‘lovlar belgilagan edi. 
Shundan so‘ng, ko‘plab tadbirkorlar Soliq Qo‘mitasidan norozi bo‘lib ularning QQSlarini qayta tekshirishni talab qilishgan va hatto biznes ombudsmenga murojaat qilishgan edi. 
Yangiliklar lentasi
0