YHXX faoliyatiga tadbirkorni jalb etish nima uchun kerak?

© SpeedCamNoviy radar dlya izmereniya skorosti avtomobiley "Kordon"
Noviy radar dlya izmereniya skorosti avtomobiley Kordon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.02.2021
Obuna bo‘lish
Tadbirkorlardan videokuzatuv vositalarni o‘rnatish va ishga tushirish uchun faqat mablag‘, investitsiya talab qilinadi, qaror chiqarish va jarimaga tortish - davlat tomonidan amalga oshiriladi.
TOShKENT, 20 fev - Sputnik. Yo‘l-harakati qoidabuzarliklarini qayd etish jarayoniga tadbirkorlarni jalb etishga doir savolga IIV YHXBB boshlig‘i Ilhom Idirov javob berdi. 
Savol: Ma’lumki, O‘zbekiston prezidentning qaroriga asosan, yo‘l-harakati qoidabuzarliklarini qayd etish vositalari tadbirkorlarga ham beriladigan bo‘ldi. Ushbu holat jamoatchilikning ayrim vakillari tomonidan e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda. Xususan, fuqarolarni jarimaga tortish va shu kabi jarayonlar davlat organlari qo‘lida bo‘lishi kerak, tadbirkorlar bunga jalb etilishi kerak emas, degan fikr bor. Ushbu masalaga YHXBBning  munosabati qanday?
Prezidentimizning 4913-sonli qarori bilan davlat organlarining ayrim faoliyatlariga xususiy sektorni jalb etish ko‘zda tutilgan. Jumladan yo‘l harakati qoidabuzarliklarini avtomatik qayd etish moslamalarini o‘rnatish va ulardan foydalanish jarayonlariga. Bu yerda bir narsani to‘g‘ri tushunish kerak, xususiy tadbirkorlarning vazifasi - faqat ushbu moslamalarni o‘rnatish va ishga tushirish. Keyin ushbu tizim bizning ma’lumriy-amaliyot tizimiga bog‘lanadi. Qaror chiqarish, jarimalarni undirish - hammasi davlat YHX tomonidan amalga oshiriladi, - dedi Ilhom Idirov. 
Ma’lumot uchun, IIV YHXBB sohasida chuqur islhotlar olib borilmoqda. Xususan 5 ta prezident qarori va 40dan ortiq boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tadbiq etilgan. Buning natijasida 2020-yilda YTHlar soni 2019-yilga nisbatan 13,5%ga kamaygan. Jarohat olganlar soni 16 % va halok bo‘lganlar soni 6,3%ga kamaygan. Bundan xulosa shuki, amalga oshirilayotgan ishlar kam bo‘lsag‘da samaradorligini bermoqda.
Yangiliklar lentasi
0