Jamiyat

Frantsiya Toshkentning suv taʼminoti tizimini yaxshilash uchun 145 mln yevro ajratadi

© Depositphotos / RteeNattapongRebenok protyagivayet ruki k kranu s vodoy
Rebenok protyagivayet ruki k kranu s vodoy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.02.2021
Shuningdek, Frantsiya tomoni shahar va qishloq joylardagi aholi punktlarining ichimlik suvi taʼminoti tizimini modernizatsiya qilish dasturini hayotga tatbiq etishda koʻmaklashishga tayyorligini bildirdi.
TOSHKENT, 21 fev — Sputnik. Frantsiya hukumati Toshkent shahrining suv taʼminoti tizimini yaxshilash loyihasini amalga oshirish uchun 145 mln yevro ajratishni maʼqulladi.
Nurekskoye vodoxraniliщe Tadjikistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.02.2021
Jamiyat
Tojikiston suv omborlaridan Oʻzbekistonga barqaror suv yetib kelishi mexanizmi ishlab chiqiladi
Bu haqda Oʻzbekiston bosh vazirining oʻrinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakovning “SUEZ” kompaniyasining (Frantsiya) katta ijrochi vitse-prezidenti Erik Gebali bilan muzokarlar chogʻida maʼlum qilindi.
Uchrashuvda Frantsiyaning respublikadagi diplomatik missiyasi boshligʻi vazifasini bajaruvchisi Bris Rokfyoy ham ishtirok etgan.
Tomonlar nafaqat poytaxtning suv taʼminoti tizimini yaxshilash, balki loyihalarni boshqa hududlarda ham amalga oshirishni muhokama qildi.
“Muloqot chogʻida E.Gebali Oʻzbekistonda bir qator ijtimoiy yoʻnaltirilgan loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish boʻyicha rejalari haqida soʻz yuritdi. Ulardan biri Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlaridagi umumtaʼlim maktablarini ichimlik suvi bilan taʼminlash loyihasi boʻladi. Loyihani roʻyobga chiqarish kompaniya tomonidan grant asosida ajratilgan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi”, - deyilgan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabarida.
Shuningdek, Frantsiya tomoni shahar va qishloq joylardagi aholi punktlarining ichimlik suvi taʼminoti tizimini kompleks rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturini hayotga tatbiq etishda koʻmaklashishga tayyorligini bildirdi.
Respublikaga texnik missiyalar yuboriladi. Ularning vazifasi aholini ichimlik suvi bilan taʼminlash masalalarini zudlik bilan hal qilishga qaratilgan samarali innovatsion texnologiyalarni joriy etishdan iborat.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala