Fransiya Toshkentning suv ta’minoti tizimini yaxshilash uchun 145 mln yevro ajratadi

© Depositphotos.com / RteeNattapongRebenok protagivayet ruki k kranu s vodoy
Rebenok protagivayet ruki k kranu s vodoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.02.2021
Obuna bo‘lish
Shuningdek, Fransiya tomoni shahar va qishloq joylardagi aholi punktlarining ichimlik suvi ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish dasturini hayotga tatbiq etishda ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Fransiya hukumati Toshkent shahrining suv ta’minoti tizimini yaxshilash loyihasini amalga oshirish uchun 145 mln yevro ajratishni ma’qulladi.
Nurekskoe vodoxranilishe Tadjikistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2021
Tojikiston suv omborlaridan O‘zbekistonga barqaror suv yetib kelishi mexanizmi ishlab chiqiladi
Bu haqda O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakovning “SUEZ” kompaniyasining (Fransiya) katta ijrochi vitse-prezidenti Erik Gebali bilan muzokarlar chog‘ida ma’lum qilindi.
Uchrashuvda Fransiyaning respublikadagi diplomatik missiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi Bris Rokfoy ham ishtirok etgan.
Tomonlar nafaqat poytaxtning suv ta’minoti tizimini yaxshilash, balki loyihalarni boshqa hududlarda ham amalga oshirishni muhokama qildi.
“Muloqot chog‘ida E.Gebali O‘zbekistonda bir qator ijtimoiy yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish bo‘yicha rejalari haqida so‘z yuritdi. Ulardan biri Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlaridagi umumta’lim maktablarini ichimlik suvi bilan ta’minlash loyihasi bo‘ladi. Loyihani ro‘yobga chiqarish kompaniya tomonidan grant asosida ajratilgan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi”, - deyilgan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabarida.
Shuningdek, Fransiya tomoni shahar va qishloq joylardagi aholi punktlarining ichimlik suvi ta’minoti tizimini kompleks rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturini hayotga tatbiq etishda ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.
Respublikaga texnik missiyalar yuboriladi. Ularning vazifasi aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash masalalarini zudlik bilan hal qilishga qaratilgan samarali innovatsion texnologiyalarni joriy etishdan iborat.
Yangiliklar lentasi
0