Namangan viloyati hokimi prezident tanqid qilgan mahallaga ko‘chib o‘tdi

© Press-slujba xokimiyata Namanganskoy oblasti Xokim Namanganskoy oblasti Shavkatjon Abdurazakov.
 Xokim Namanganskoy oblasti Shavkatjon Abdurazakov. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.02.2021
Obuna bo‘lish
Namangandagi “Bunyodkor” mahallasida konteyner o‘rnatiladi va unga “viloyat hokimining uyi” deb yozib qo‘yiladi.
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov boshlab Namangan shahridagi “Bunyodkor” mahallasida istiqomat qilishini ma’lum qildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
“Har kuni shu yerda, sizlarga qo‘shni bo‘laman. Uyim mahalla idorasining ro‘parasida joylashadi. Bugun shu yerga konteyner o‘rnatiladi va unga “viloyat hokimining uyi” deb yozib qo‘yiladi”, — dedi Shavkatjon Abdurazzaqov.
Erta tongdan ushbu mahallaga yuzlab ishchi-xodim va hasharchilar jalb etilgan. Shaharning chekka hududida yerlarni tekislash, elektr tarmoqlari tortish, obodonlashtirish ishlari boshlangan. Uzoq yillar davomida foydalanishda bo‘lgan chiqindixona yopiladigan, mahalla idorasi esa qaytadan quriladigan bo‘ldi. Mahallaga toza ichimlik suvi keltiriladi.
Prezident posetil maxallyu Bunyodkor goroda Namangana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.02.2021
Mirziyoyev Namangan shahar hokimi va prokuroriga tanbeh berdi
“Bu yerda 3 gektar joyda kichik sanoat zonasi tashkil etamiz va kamida 10 ta korxona ochamiz. Buning ortidan 12 ming kishi yashaydigan mahallada 1000 nafar odam ishli bo‘ladi”, — dedi viloyat hokimi.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida kutilmaganda “Bunyodkor” mahallasiga borib, u yerda ichimlik suvi yo‘qligi, ichki yo‘llar yomonligi, atrof obodonlashtirilmaganini tanqid qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0