Madaniyat

“Rangsiz tushlar” filmi Markaziy Osiyo kinofestivalida ishtirok etadi

Sʼyemka  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.02.2021
Rejissyor Ayub Shahobiddinov suratga olgan “Rangsiz tushlar” filmida qamoqdan soʻng ozodlikka chiqqan ayol Kashmiraning jamiyatga moslashishida duch kelgan qiyinchiliklari haqida hikoya qilinadi.
TOSHKENT, 21 fev — Sputnik. “Oʻzbekkino” MA buyurtmasiga binoan suratga olingan "Rangsiz tushlar” filmi joriy yilning 19 mart - 3 aprel kunlari boʻlib oʻtadigan Markaziy Osiyoning bahorgi festivalida ishtirok etadi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Festival tashkilotchisi  Koreya va Markaziy Osiyo hamkorlik forumi KF kotibiyati hisoblanadi. Festivalda Navroʻz haqidagi qisqa metrajli  hujjatli filmlarga bagʻishlangan tadbirlar, Markaziy Osiyo kinohaftaligi, K-pop tanlovi va boshqa tadbirlar boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
© Press-slujba "Uzbekkino"Film "Bestsvetnыe snы" Ayuba Shaxobiddinova
Film Bestsvetnыe snы Ayuba Shaxobiddinova - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.03.2021
Rejissyor Ayub Shahobiddinov suratga olgan “Rangsiz tushlar” filmida qamoqdan soʻng ozodlikka chiqqan ayol Kashmiraning jamiyatga moslashishida duch kelgan qiyinchiliklari haqida hikoya qilinadi. “Rangsiz tushlar” filmi  Anapadagi "Kinoshok", Qozonning musulmon kinolari festivali, shuningdek, Armanistondagi "Freska" va Italiyaning "Lukaniya" va "Asiatica Film Festival XXI", Indoneziyaning XV Jogja-NETPAC Asian Film Festival ( JAFF ) festivallarida ham ishtirok etgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala