Hodisalar

Tibbiyot xodimlariga tajovuz qilindi: ularning ahvoli ogʻirligicha qolmoqda

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Fotobankka oʻtishRabota skoroy pomoщi v Moskve
Rabota skoroy pomoщi v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.02.2021
Bemorning vafoti haqida yaqinlariga maʼlum qilinganda uning farzandlari xizmat vazifasini bajarayotgan 32 va 21 yoshli shifokorlarni ayovsiz doʻpposlashgan.
TOSHKENT, 21 fev — Sputnik. Toshkentda ikki nafar tibbiyot xodimiga marhumning yaqinlari tan jarohati yetkazdi. Sogʻliqni saqlash vazirligi holat boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qildi.
Vazirlik xabariga koʻra,19 fevral tungi soat 23:13 da tez tibbiy yordam Sall-markaziga poytaxtning Yashnobod tumanidagi xonadonlarning biridan chaqiriq tushgan.
Tez tibbiy yordam brigadasi chaqiruv joyiga soat 23:25 da, yaʼni 12 minutda  yetib borib, xonadondagi bemor  tezkor tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan. 23:40 da bemorning ahvoli oʻta ogʻir boʻlganligi uchun zudlik bilan poytaxtdagi I.Irgashev nomli 4-son shahar klinik shifoxonasiga yetkazilgan.
Noj v ruke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.03.2020
Jamiyat
Andijonda shifokorga pichoq bilan qilingan tajovuz tafsilotlari maʼlum boʻldi
Muassasa bosh shifokori B. Mamadjonovning maʼlum qilishicha, shifoxonada 52 yoshli bemor D. N.ga "Gipertoniya kasalligi. Gipertonik kriz. Oʻpka shishi va agonal holat” tashxisi qoʻyilib, zudlik bilan reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan.
U paytda bemorning holati ogʻir boʻlib, koʻz qorachigʻi kengaygan, fotoreaktsiya aniqlanmagan, nafas aktivligi kuzatilmagan holatda boʻlgan, uyqu arteriyasida ham pulsni aniqlab boʻlmagan va shu tariqa bemorda klinik oʻlim holati qayd etilgan.
Taʼkidlanishicha, standartlar boʻyicha amalga oshirilgan tezkor muolajalarga  qaramasdan, bemorda biologik oʻlim qayd etilgan.
Bemorning vafoti haqida yaqinlariga maʼlum qilinganda uning farzandlari xizmat vazifasini bajarayotgan  shifokorlarga nisbatan sababsiz  jismoniy tazyiq oʻtkazgan.
Buning oqibatida shahar tez tibbiy yordam xizmatining  shifokori, 32 yoshli D. U. “Bosh miya yopiq jarohati, bosh miya lat yeyishi, chap yonoq sohasi yumshoq toʻqimalarining lat yeyishi. Koʻkrak qafasi yumshoq toʻqimalari lat yeyishi, travmatik shok 1,2-daraja” tashxisi bilan, yana bir tez tibbiy yordam xizmat  xodimi, 21 yoshli A. A. “Bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, burun suyagining yopiq sinishi. Koʻkrak qafasi sohasi yumshoq toʻqimalari lat yeyishi” tashxisi bilan mazkur shifoxonaning reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan.
© Press-slujba Minzdrava RUzRodstvenniki umershego patsiyenta izbili dvux vrachey v Tashkente.
Rodstvenniki umershego patsiyenta izbili dvux vrachey v Tashkente. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.03.2021
Yarim tunda oʻz kasbiy faoliyatini bajarish paytida tajovuzga  uchragan tibbiyot xodimlari uchun Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazidan neyroxirurg shifokorlar taklif qilingan va ularga dastlabki qoʻyilgan tashxis  toʻliq tasdiqlangan.
Ularning ahvoli ogʻirligicha qolayotganligi va ularga maxsus jarrohlik amaliyotiga tibbiy koʻrsatma borligi sababli Respublika shoshilinch  tibbiy yordam ilmiy markaziga oʻtkazilgan.
“Ayni holat yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligi huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat yoʻlladi. Unda yuqorida qayd etilgan holatni qatʼiy nazoratga olgan holda, aybdor shaxslar qattiq javobgarlikka tortilishini taʼminlashda amaliy yordam soʻraldi”, - deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala