O‘zbekiston yog‘och importi hajmini kamaytiradi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishZagotovka lesa v Krasnoyarskom krae
Zagotovka lesa v Krasnoyarskom krae - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.02.2021
Obuna bo‘lish
Respublikada yog‘ochsozlik sohasining xomashyo bazasi mustahkamlanadi, mebel sanoatining barcha yo‘nalishlarini rivojlantirish orqali yog‘och importi hajmi kamaytiriladi.
TOShKENT, 21 fev — Sputnik. Yog‘ochsozlik sanoati xomashyo bazasini mustahkamlash va sohani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, respublikada yog‘ochsozlik sohasining xomashyo bazasi mustahkamlanadi, mebel sanoatining barcha yo‘nalishlarini rivojlantirish orqali yog‘och importi hajmi kamaytiriladi.
Qarorga muvofiq, 2021–2022 yillarda respublika hududlarida:
  • qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqib ketgan jami 3 173 gektar zaxiradagi yerlarda;
  • o‘rmon fondining jami 1 327 gektar tog‘oldi va adir yerlarida yong‘oq, chinor, shumtol, qayrag‘och hamda boshqa mebelbop daraxt turlari ekiladi.
Mazkur plantatsiyalarni tashkil etish uchun jami 2 783,6 ming dona ko‘chat yetishtirish nazarda tutilgan.  
2021 yil 10-martdan boshlab mebel sanoatida yog‘och xomashosi sifatida foydalaniladigan pavlovniya, yong‘oq, chinor, shumtol, qayrag‘och hamda boshqa daraxtlar plantatsiyalarini tashkil etuvchilarga zarur ko‘chat ekish materiallari shartnoma asosida yetkazib beriladi.
Yangiliklar lentasi
0