Xorazmda fojia: choyxonada bir oilaning uch nafar a’zosi gazdan zaharlanib o‘ldi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishSkoraya meditsinaskaya pomosh, arxivnoe foto
Skoraya meditsinaskaya pomosh, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.02.2021
Obuna bo‘lish
Choyxona egasi, uning rafiqasi va uch farzandi oshxonadagi gaz o‘chog‘idan sizib chiqqan gazdan zaharlangan. Er-xotin va bir bola vafot etgan.
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Xorazm viloyatining Shovot tumanidagi choyxonada uch kishi is gazidan zaharlanib hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Xabarda yozilishicha, “Ortiq ota” nomli choyxonada uning egasi fuqaro K.O., uning turmush o‘rtog‘i I.S., hamda farzandlari Z.O., O.O., va X.O.lar  choyxonaning oshxonasida joylashgan gaz o‘chog‘idan gaz sizib chiqishi natijasida is gazidan zaharlangan.
Gazovaya plita - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.02.2021
Gazdan foydalanish: baxtsiz hodisalarni tekshirish tartibi belgilandi
Natijada er-xotin va ularning farzandi X.O. hodisa joyida vafot etishgan. Qolgan ikki bola kuchli zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Bosh prokuratura bu borada befarq bo‘lmaslik, xavfsizlik qoidalariga to‘liq rioya etishlik haqida ko‘plab tushuntirishlar, xabarlar va ma’lumotlar tarqatilgani va bu ishlar davom ettirilishini qayd etgan. 
“Pandemiya sharoitida odamlardan barcha holatlarda o‘z turmushiga, hayot tarziga e’tiborliroq bo‘lishi, o‘z xavfsizligi barobarida boshqalarning ham osoyishtaligini o‘ylash lozimligi ko‘p bora ta’kidlanib kelinyapti. Achinarlisi, odamlar o‘z befarqligi tufayli yaqinlarining qurbon bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda”, - deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0