Dunyoda

Lukashenko koronavirusga qarshi Rossiya vaktsinasini eng samarali deb atadi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Fotobankka oʻtishPrezident Belarusi Aleksandr Lukashenko na vstreche s glavoy RF Vladimirom Putinыm
Prezident Belarusi Aleksandr Lukashenko na vstreche s glavoy RF Vladimirom Putinыm - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.02.2021
Belarus prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda COVID-19ga qarshi Rossiya vaktsinasini dunyodagi eng samarali deb atadi.
TOSHKENT, 22 fev — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko COVID-19ga qarshi Rossiya vaktsinasini dunyodagi eng samarali deb atadi. Bu haqda u Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan uchrashuvda maʼlum qildi.
Prezident Mejdunarodnoy federatsii fextovaniya biznesmen Alisher Usmanov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.02.2021
Jamiyat
Alisher Usmonov Oʻzbekiston uchun 500 mingta vaktsina xarid qiladi
“Eng samarali vaktsina – bu Rossiya vaktsinasi. Bu butun dunyoda tan olingan... Bu eng samarali vaktsinadir”, - dedi Lukashenko Sochidagi uchrashuv avvalida. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
U Rossiya texnologiyalari asosida “Sputnik V” vaktsinasini Belarusda ishlab chiqarish mart oyida boshlanishini qoʻshimcha qildi.
“Bu jiddiy koʻmak, agar bu boʻlmaganda, emlash borasida qiyinchilikka duch kelardik”, - dedi Lukashenko.
Eslatib oʻtamiz, Rossiyaning Gamaleya ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan dunyodagi birinchi koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasi Oʻzbekistonda ham sertifikatlashtirilgan holda ommaviy qoʻllash jarayoniga ruxsat etilgan. Bugungi kunda hukumat ushbu vaktsinadan 1 million doza xarid qilish yuzasidan choralar koʻrmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala